Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KIBERXAVFSIZLIK - DOIMIY OGOHLIK DEMAKDIR
2024-07-15 17:25:44 1032
Oltiariq tuman hokimligi majlislar zalida viloyatimizda o’tkazilayotgan "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.
Unda tumandagi mavjud 72 ta MFYda faoliyat yuritayotgan "ettilik" jamoasi, IIB, tijorat banklari, tibbiyot, ta'lim, madaniyat, Favqulodda vaziyatlar bo’limi rahbarlari, 15 ta Jom'e masjidlari imomlari va boshqa mas'ullar ishtirok etdilar.
Viloyat hokimligi hamda
viloyat IIB boshqarmasi kiberxavfsizlik bo’limi mas'ul xodimlari, tuman hokimining tegishli o’rinbosarlari
tomonidan so’nggi yillarda avj olayotgan kiberjinoyatlarning turli ko’rinishlari yuzasidan tahliliy ma'lumotlar berildi.
Elektron boshqaruv, bank plastik sohasi, internet tarmog’i va boshqa kiberjinoyat manbalari bilan ishlashda e'tibor qaratish kerak bo’lgan jihatlar haqida mutaxassislar batafsil tushuntirish berdilar.
Yig’ilish ochiq muloqot tarzida o’tkazildi.
Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.