Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY XODIM MAXALLA XIZMATIDA
2024-06-27 00:22:06 1708
Oltiariq tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 1 xudud 2 uchastka (Povulg’on, Beruniy, Poloson mfy) maxallada kompleks ijtimoiy xizmatlar ko’rsatuvchi ijtimoiy xodimi Nishonova Azizaxonning Poloson mfy-da ijtimoiy xodim sifatida aholiga konunchilik bilan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlarni o’z vaqtida va to’liq ko’rsatilishi yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari to’g’risida.
Xozirgi kunda davlatimiz tomonidan mahalla tizimiga berilayotgan imkoniyatlar, yangi bosqichga ko’tarilib bu borada Respublikamizda keng kamrovli va tizimli isloxotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bunga yaqqol misol bo’lib Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2023 yil 1 iyundagi “Axoliga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko’rsatish xamda uning samarali nazorat tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha kompleks chora tadbirlar to’g’risida” gi PF 82-son Farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzurida Ijtimoiy ximoya milliy agentligi xamda tuman va shaxarlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilganligini keltirib o’tishimiz mumkin. Farmon bo’yicha aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatilishi, aholini ortiqcha ovoragarchilikdan xoli qilish maqsadida maxallalarda ijtimoiy xodimlar guruxlari ish faoliyatini boshladi va shu bilan bir qatorda ularga soxaga oid qator vazifa va funktsiyalar belgilab berildi.
Barchamiz guvoxi bo’lib turganimizdek mamlakatimizda ehtiyojmand aholi qatlami hisoblangan keksalar, nogironligi bo’lgan shaxslar, yetim va ijtimoiy yetim bolalar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga ro’yxatga olingan aholiga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda kam ta'minlangan, nogironligi bo’lgan shaxslar, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylanib bormoqda.
Bu borada Oltiariq tumani Poloson maxalla fuqarolar yig’inida xam bir kator ibratli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Poloson maxallasida ijtimoiy ximoyaga muxtoj aholi toifalari buyicha kuyidagi ko’rsatkilar mavjud bo’lib, jumladan: o’zgalar parvarishiga muxtoj yakka yolg’izlar 2 nafarni, nogironligi bo’lgan shaxslar 35 nafarni, uyda ta'lim oluvchi bolalar 2 nafarni, ota onasi uzok davr davomida chet elga ketgan bolalar 2 nafarni, boquvchisini yo’qotgan oilalar 8 nafarni tashkil etadi.
Maxallada ijtimoiy ximoyaga muxtoj 5 ta xonadon maxalla yettiligi bilan birga o’rganilib, xonadonda istiqomat qiluvchi oilalar muammolari aniqlandi va xozirda maxalla yettiligi tomonidan muammolarni bartaraf etish va ijtimoiy yordam ko’rsatish choralari ko’rilmoqda. Shuningdek maxallada istiqomat qiluvchi axoli nogironligi bor shaxslar tomonidan protez ortopediya maxsulotlari va reabilitatsiyaning texnik vositalariga muxtojlik xolati o’rganilib, aniqlangan xolatlar bo’yicha kerakli tavsiyalar berilib borilmoqda xamda ushbu maxsulotlarni manzilli yetkazib berilishi amalga oshirilmoqda. Jumladan nogironligi bo’lgan fuqaro Pirkonov Abduxalil Yursunovich nomidan reabilitatsiya texnik vositasini ajratish maqsadida sertifikat rasmiylashtirish uchun ariza qabul qilinib sayr qilishga mujallangan o’rindiqli nogironlik aravachasi bilan ta'minlandi.
Nafaqadagi va nogironligi bo’lgan shaxslarga ijtimoiy ximoya milliy agentligi tizimidagi sixatgoxlarga bepul sog’lomlashtirish uchun arizalar xonadonga tashrif buyurgan xolda ortiqcha ovoragarchiliklarsiz joyida olinmoqda, jumladan Mamarizayeva Naziraxon, Uzaqova Xafizaxon, Bozorova Ominaxon, Jalolova Ortiqbuvi, Jalolov Shermatillolar nomidan sanatoriyaga arizalar kiritildi. Bundan tashqari Ijtimoiy ximoya yagona reestriga kirish uchun murojaat qilgan fuqarolar Vaxobova Gulsanamxon, Qo’chqorova Gulxumorxon, Yuldasheva Shaxzodaxonlarga keys menejment orqali kerakli ijtimoiy yordamlar ko’rsatilmoqda. Yil boshidan kam ta'minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi olish uchun Poloson mfy-dan ariza topshirgan 42 nafar oilaga 1 yil muddatga Bolalar nafaqasi tayinlanib, xozirgi kunda ushbu oilalarga nafaqalar to’lab kelinmoqda. Bu xam davlatimiz tomonidan aholiga qaratilayotgan alohida e'tibor desak mubolag’a bo’lmaydi.
Xozirda Poloson maxalla fuqarolar yig’inida ijtimoiy ximoya milliy agentligi tomonidan ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlarning 50 yaqin turlari joyida, ya'ni maxalladan chikmagan xolda amalga oshirilishi tashkil etilgan bo’lib, bu bilan axoliga bir kancha kulayliklarga yaratildi. Jumladan maxallada ijtimoiy xodim tomonidan maxsus mobil kurilma, planshet orkali, 98 turdagi ijtimoiy soxaga oida ariza va murojaatlarni kiritish imkoniyati paydo bo’ldi, jumladan kam ta'minlangan oilalar uchun tayinlanadigan bolalar nafaqasi va moddiy yordamlar bo’yicha, nogironlikni belgilash va kayta e'tirof etilishi bo’yicha, yolg’iz va yolg’iz yashovchi keksa deb e'tirof etish bo’yicha, nogironlik nafakasini tayinlash bo’yicha, protez-ortopediya maxsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta'minlash bo’yicha, ota-ona qaramog’isiz kolgan bolalarni vasiylik va xomiylikka olish buyicha, agentlik tasarrufidagi sanatoriyalarga yullanma ajratilishi buyicha, “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi xisobidan yordam olish va boshka toifalar bo’yicha fukarolaning arizalari yagona “Ijtimoiy ximoya” AT platformasi orkali kiritilib borilmokda va Agentlik tizimi xamda tegishli davlat tashkilot va muassasalari tomonidan arizalar asosida axoliga tizimli xizmat va yordamlar ko’rsatib borilmokda.
Xulosa qilib aytganda axoliga, jumladan ijtimoiy ximoya va yordamga muxtoj aholi qatlamlariga maxallalarda kompleks ijtimoiy xizmat va yordamlar ko’rsatilishini tashkil etilishi, bu chinakamiga maxallalarda manzilli ijtimoiy xizmatlar yulga uyilganligi isboti va dalilidir.