Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BITIRUVCHILAR OLQISHLANDI

×

 2024-06-21 19:41:00    1112

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi tasarrufidagi umumiy o’rta ta'lim maktablarida 2023-2024 o’quv yilida 11-sinfni muvaffaqiyatli tamomlab, “oltin” va “kumush” medal olgan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.


Taqdirlash marosimida tuman hokimi Sh.Turdaliyev, tuman prokurori R.Tillayev, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Deputati B.Rahmonaliyev, bitiruvchilarning ota-onalari va faxriy ustozlar ishtirok etdilar.


11-sinfni bitirayotgan o’quvchilar soni 2640 nafarni tashkil etib, shundan 128 nafari “oltin”, 15 nafari “kumush”, 2497 nafari oddiy turdagi shahodatnoma oldilar. O’quvchilarga “oltin” va “kumush” medallar hamda esdalik sovg’alarni tuman rahbarlari ishtirokida topshirildi.


Tadbirda ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Deputati B.Rahmonaliyev tashabbusi bilan o’quv yilini muvaffaqiyatli ta'momlagan 47 ta ta'lim muassasalariga elektron doskalar taqdim etildi.

https://t.me/oltiariqtumanihokimligi