Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR QABULI - XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT
2024-05-30 16:30:17 1271
Oltiariq tuman hokimligi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri J.Bozorov bilan birgalikda Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo’yicha fuqarolar qabuli o’tkazildi.
Mazkur qabulda jami 25 nafar fuqarolarning murojaatlari ko’rib chiqildi.
Qabul davomida tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, bandlik, sog’liqni saqlash, bola nafaqasi, tikuv mashinasi olish, kadastr va boshqa turli masalalar bo’yicha murojaatlar ro’yhatga olinib, 3-nafar murojaat joyida ijobiy xal etilib, 4 nafar murojaatchiga xuquqiy tushunchalar berildi.
Qolgan murojaatlarni o’z muddatlarida ijrosini ta'minlash bo’yicha tegishli tashkilot va muassasa rahbarlariga topshiriqlar berildi, va ijrosi nazoratga olindi.