Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR MUROJAATLARI E'TIBORDA
2024-05-27 16:52:23 1404
Oltiariq tumani hokimi Sh.Turdaliyev tomonidan o’tkazilayotgan "Sayyor qabul"lar davomida aholi murojaatlari o’rganib chiqilib, ularni ijobiy hal etish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qilish, piravardida odamlarni xayotan rozi bo’lib yashashlari uchun imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Birgina, Obod MFY xududidagi Mamadali Topvoldiyev ko’chasida yashovchi D.Axmadjonova, Doimobod ko’chasida yashovchi fuqaro G’.O’rmonovlar bilan o’tkazilgan ochiq muloqotda ularning yashash sharoitlari, ijtimoiy xolatlari e'tiborga olinib, xonadonlarida qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirish lozim topilgan edi.
Hokim tashabbusi hamda MFY raisi, shu xududdagi 30-Nurobod saylov okrugidan Oltiariq tuman Kengashiga saylangan deputat Dilmurod Axmedovning sa'y-xarakati bilan har ikkala fuqaroning yashash uylarida qurilish va ta'mirlash ishlariga kirishildi.
Eskirgan, yashash uchun zarur sharoitlari bo’lmagan yoki qulayotgan uylari o’rniga qulay va ko’rkam binolarda yashash imkoniyatiga ega bo’layotgan fuqarolar ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikdan behad mamnun bo’lmoqdalar.
Adxamjon Jumayev
Xalq deputatlari Oltiariq tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi