Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUDYALAR TOMONIDAN TARG’IBOT TADBIRLARI VA DAVRA SUHBATLARI O’TKAZILMOQDA.
2024-04-30 15:54:08 856
Farg’ona viloyat sudi raisi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “O’zbekiston-2030” strategiyasi to’g’risidagi PF-158-sonli farmoni va “O’zbekiston-2030 strategiyasini 2023 yilda sifatli va o’z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-300-sonli Qarorida qonun ustivorligini ta'minlash va sud huquq tizimidagi isloxotlar bo’yicha belgilangan maqsad va vazifalarni ommaviy axborot vositalarida keng sharxlab berilishi hamda mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish haqidagi media reja ijrosini ta'minlash maqsadida fuqarolik ishlari bo’yicha Rishton tumanlararo sudining sudyasi U.Mirzayev tomonidan 2024 yil 29 aprel kuni Oltiariq tumani, Yangiariq MFY binosida davra suhbati o’tkazildi.
Shuningdek davra suhbati davomida, O’zbekiston Respublikasining “Sud qarorlarini qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 2023 yil 25 dekabrdagi O’RQ-887-sonli Qonuni, O’zbekiston Respublikasining 2024 yil 19 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida” 1 fevraldagi “Pedagogning maqomi to’g’risida” hamda 2 fevraldagi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to’g’risida”gi Qonunlari, “Chaqaloq va odam savdosi”, “Oilaviy zo’ravonlikni oldini olish hamda xotin qizlarning qonuniy huquq va manfaatlari haqida”, “Er sohasidagi qonunchilikni aholi e'tiboriga yetkazish, yerga oid firibgarlik jinoyatlari kelib chiqishini oldini olish”, “Meros masalalari bo’yicha nizolar”, “Korruptsiya-jamiyat kushandasi” mavzularida so’z yuritib, uning oqibatlari, qonunda belgilangan keskin javobgarlik to’g’risida ishtirokchilar e'tiboriga yetkazildi.