Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PROBATSIYA GURUHI RO’YXATIDA TURUVCHI SHAXSLAR BILAN TIZIMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

×

 2024-04-22 15:03:13    1454

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq Bolalar Musiqa va san'at maktabi zalida tuman IIB Probatsiya guruhi xisobida turuvchi shaxslar ishtirokida sayyor sud hamda muhokama yig’ilishi o’tkazildi.

Sudlar tomonidan belgilangan jazo muddatini o’tayotgan, o’rnatilgan tartib-intizomga rioya qilgan 25 nafar mahkumlar sud qarori bilan muddatidan avval belgilangan jazodan shartli ravishda ozod qildilar.

Aksincha, belgilangan jazodan qasddan bo’yin tovlagan, yetarlicha xulosa chiqarmagan 2 nafar mahkumning jazo turi boshqa, og’irroq jazo turiga almashtirildi.

Muhokama yig’ilishida viloyat IIB Probatsiya boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirok etib, probatsiya guruhi xisobida turuvchi, nazoratdagi shaxslarning tuzalish yo’liga o’tishlari uchun foydali mehnat bilan band bo’lishlari muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladilar.

Shu kuni o’tkazilgan "Mehnat yarmarkasi"da 3 nafar nazoratdagi shaxslar doimiy ish bilan ta'minlandi.


Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.

https://t.me/oltiariqtumanihokimligi