Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TUMANIDA SPORTNING MINI-FUTBOL VA FUTBOL TURLARI BO’YICHA “DXX KUBOGI" MUSOBAQALARIGA START BERILDI

×

 2024-04-15 15:07:31    613

PDF yuklash
Chop etish




Oltiariq markaziy stadionida  "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” turniri ochilishiga bag’ishganagan tadbir o’tkazildi.


Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda DXX tuman bo’linmasi vakillari qatnashdi.

Tuman hokimi Sh.Turdaliyev, mazkur musobaqada barcha yoshlar, shu jumladan, uyushmagan, kam ta'minlangan, ishsiz, imkoniyati cheklanganlar o’rtasida sportni, shuningdek, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni aniqlash asasiy maqsad qilib olinganligini ta'kidladi.


Turnirda tumandagi 72 ta MFYdan 16-30 yoshli yigit-qizlar vakillari ishtirok etadi. Mini futbol turida mahalla qizlari 4 ta sektorga bo’lingan xolda o’zaro kuch sinashadi.


Joriy yil 25 mayga qadar davom etishi belgilangan musobaqalar yakunida g’oliblar va faol ishtirokchilarga Davlat xavfsizlik xizmati kubogi, tegishli darajadagi diplom, medallar va esdalik sovg’alari topshiriladi.


Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.