Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLI XONADONLARIDA BALIQCHILIK TASHKIL ETILMOQDA

×

 2024-04-03 18:28:38    890

PDF yuklash
Chop etish



Oltiariq tumanida aholi bandigini ta'minlash va daromadlarini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilyapti.

Jumladan, Farg’ona baliq sanoati uyushmasi rahbari X.Dadaxonov, tuman hokimining birinchi o’rinbosari I.G’ofurov, kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi boshlig’i U.Mirzamuxamedov mahalla hokim yordamchilari bilan birgalikda aholiga baliqchilik yo’nalishi bilan shug’ullanish bo’yicha tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

Obod MFYda yashovchi fuqaro Ozodaxon Madvaliyeva ham o’z xonadonida baliq parvarishlash maqsadida mutaxassislardan kerakli tavsiyalarni oldi.

Fuqaroga baliqchilik yo’nalishida yetishtirgan har bir kilogram mahsulot uchun 1500-3000 so’mgacha subsidiya mablag’lari berilishi tushuntirildi.

Xozirda fuqaroga Oilaviy tadbirkorlik yunalishida faoliyatini yo’lga qo’yishi uchun hokim yordamchisining tavsiyasi asrsida 33 mln so’m imtiyozli kredit berildi.

Oltiariq tumanida shu kabi 20 dan ortiq xonadonlarga qo’shimcha daromad sifatida baliqchilik faoliyati bilan shug’ullanishoari uchun imtiyozli kereditlar ajiratilib, axoliga arzon va sifatli baliq mahsulotlar yetkazib berish rejalashtirilgan.