Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HURMATLI MAHALLA TIZIMI XODIMLARI VA FAOLLARI!
2024-03-22 19:44:52 1347
Sizlarni 22 mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” bayrami bilan samimiy tabriklayman.
Hech shubxasiz, Mahalla - inson kamol topayotgan oila va butun jamiyat o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni ta'minlaydi.
Mamlakatimizda mahallaning inson hayotidagi o’rni va ahamiyatini tubdan oshirish maqsadida yaratilgan yangi tizim ana shu muhim vazifani amalaga oshirishga xizmat qiladi.
Mahalla hamda xonadonlarimiz obodligi va osoyishtaligi, xayotimiz farovonligi, xotin-qizlarning manfaat va xuquqlarini ta'minlash, yoshlar tarbiyasi va ma'naviy kamoloti masalalaridagi vazifalar o’z navbatida "ettilik" jamoa xodimlaridan yuksak mas'uliyat, o’zaro hamjihatlik va qat'iy intizomni talab etadi.
Shu maqsadda, tizimda faoliyat yuritayotgan kadrlarning bilim va salohiyatini oshirish bilan sohada ko’zlangan natijalarga erishish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qadrli mahalla tizimi xodimlari!
Ishonamizki, zimmangizdagi mas'uliyatli va sharafli vazifalarni sidqidildan bajarib, el-yurt xurmati va xukumatimiz e'tirofiga sazovor bo’lasizlar.
Bugungi bayram bilan yana bir bor qutlab, Sizlarga avvalo mustahkam sog’lik, oilaviy xotirjamlik hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Kasb bayramingiz barchangizga muborak bo’lsin!
Shamsiddin Turdaliyev,
Oltiariq tumani hokimi.