Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TUMANI "EKSPORTGA KO’MAKLASHISH MARKAZI" DA OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI

×

 2024-03-20 19:52:08    668

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimining o’rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i J.Yakubov, hamda innovatsion rivojlantirish masalalari bo’yicha hokim o’rinbosari A.Isaqovlar tuman "Eksportga ko’maklashish markazi"da bir guruh eksportyor korxona vakillari hamda markaz xodimlari ishtirokida ochiq muloqot o’tkazdilar.

Unda Davlatimiz rahbari tomonidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida sohani yanada rivojlantirish, meva-sabzavot va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksportga yo’naltirish hamda bu boradagi mavjud muammolarning yechimi yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi bo’yicha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar haqida fikr yuritildi.

Meva-sabzavotlarni qadoqlash, saqlash hamda logistika masalalari, mahsulot sifatini Jahon talablari darajasida tashkil etish bo’yicha tajribalar xususida ma'lumotlar berildi.


Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.