Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TUMAN HOKIMI KUBOGI UCHUN O’TKAZILGAN FUTBOL MUSOBAQALARINING FINAL BOSQICHI O’YINLARI

×

 2024-03-02 01:18:56    1514

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq markaziy stadionida birinchi o’rin sohibini aniqlash uchun O’zbekiston va Ko’mirchi MFY jamoalari maydonga tushishdi.

Dastlab O’zbekiston mahallasi yoshlari Ko’mirchi mahallasi jamoasi darvozasiga ikka marotaba yo’l topa olgan bo’lsa, ikkinchi bo’limda Ko’mirchi mahallasi jamoasi matonat ko’rsatib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo’ldi.

Oxirgi daqiqalarda kiritilgan goldan so’ng, g’olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlandi.

Yakuniy hisob 8-7 ko’rinishida, omad Ko’mirchi MFY jamoasiga kulib boqdi.

Musobaqalar yakuniga ko’ra:

Faxrli 1-o’rinni Ko’mirchi MFY jamoasi egallab, bu yildan e'tiboran an'ana tusiga kirayotgan ko’chma kubogning dastlabki egalari sifatida tarixda qoladigan bo’ldi.

2-o’rinni O’zbekiston MFY jamoasi,

3-o’rinni Ustoz MFY jamoasi qo’lga kiriritdi.

Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.

https://t.me/oltiariqtumanihokimligi