Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’ZINGIZ TANLAGAN KASB BO’YICHA GERMANIYADA ISHLASH YOKI O’QISH ISTAGI BO’LSA, YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI KO’MAGIDAN FOYDALANING
2024-02-22 19:20:52 913
Farg’onada tashkil etilgan nemis tili markazida ta'lim olgan yoshlardan 250 nafari o’qish yoki ishlash uchun Germaniyaga ketishdi.
Viloyat hokimligi va yoshlar ishlari avgentligi tomonidan ushbu loyiha qo’llab-quvvatlanib o’quv markazi faoliyati va qamrovi kengaytirilmoqda.
Endilikda Oltiariq tumanida ham nemis tili kurslari tashkil etiladi. Til o’rganib, o’zi tanlagan soha bo’yicha kerakli ko’nikmani olgan yoshlar va 45 yoshgacha bo’lganlar yashash va ishlash xuquqini to’la kafolatlovchi shartnomalar asosida Germaniyaga jo’natiladi.
Viloyat Yoshlar ishlari agentligi rahbari M.G’aniyev Oltiariq tumani 2-sonli Kasb-hunar maktabida 200 nafardan ziyod xorijda ishlash istagida bo’lgan yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Unda “Wegweiser” nemis tili o’quv markazi tashkilotchilari hamda bu yerda til o’rganib, hozirgi kunda Germaniyada ish faoliyatini olib borayotgan yoshlar vakillari qatnashdilar.
Farg’ona yoshlarining yetakchisi tashqi migratsiyaning ushbu yo’nalishi har tomonlama qulay, ishonchli va ikkala davlat tomonidan to’la kafolatlanganligi to’g’risida ma'lumot berdi.
- Suhbat asosida kursga qabul qilinganlar 9 oy mobaynida nemis tilini o’rganib, agentlik va markaz tomonidan ishlash yoki o’qish uchun yuboriladi. Kurslar pullik, dastlabki 3 oyga tinglovchilar hisobidan to’lanadi. Bilim va intilishlari yaxshi bo’lgan 30 yoshdan oshmagan yoshlar uchun mablag’ Yoshlar ishlari Agentligi tomonidan qisman yoki to’liq qoplab beriladi, deb ta'kidladi, agentlik rahbari M.G’aniyev.
Oltiariq tuman hokimligi Axborot xizmati.