Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TUMANIDA "O’ZBEKISTON-24" TELEKANALI BILAN HAMKORLIKDA PRESS-TUR O’TKAZILDI

×

 2024-02-21 17:32:30    877

PDF yuklash
Chop etish


"O’zbekiston-24" telekanali ijodiy guruhi hamda mahalliy jurnalist va blogerlar aholi tomorqalari va dehqon xo’jaliklaridan samarali foydalanish, issiqxonalarda yetishtirilayotgan sabzavot mahsulotlari, oilaviy tadbirkorlik, aholini bandligini ta'minlash hamda daromadlarini oshirish bo’yicha Oltiariq tajribalarini o’rganishdi.

Jo’rak MFY Kelarchi ko’chasida aholi tomorqalarida tokda uzum saqlanishi, issiqxonada ko’chat va sabzavot ekinlari yetishtirish, oilaviy tadbirkorlik yo’lanishi bo’yicha tashkil etilgan pishiriq tsexi va doimiy daromad manbaiga ega bo’lgan xonadon egalari bilan suhbatlashildi.

Qo’rg’oncha MFY da tashkil etilgan dehqon xo’jaligi issiqxonalarida bodring yetishtirish tajribalari o’rganildi.

Ko’lbo’yi MFY Chinortagi ko’chasida uzumlarni turli usullarda yil mobaynida saqlash va eksportga yo’naltirish bo’yicha orttirilgan tajribalar bilan o’rtoqlashildi.


Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati