Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHNICHILIK - MING YILCHILIK

×

 2024-02-14 20:29:35    890

PDF yuklash
Chop etish



Oltiariq tumani hokimining chegara masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Fayziyev hamda So’x-Oqtepa irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi Bo’rbonliq suv taksimlash bo’limi boshlig’i Sh.To’lanovlar qo’shni Qirg’iziston Respublikasining Batken viloyati Qadamjoy rayoni Qirg’iz kishtak avuliga tashrif buyurdilar.

Undan ko’zlangan maqsad, ikki davlat chegara xududlarida yashovchi aholi hamda qirg’izistonlik bog’ va yer egalari tomonidan dehqonchilik ishlari va sug’orish tizimidan foydalanishda chegara xududi va inshootlariga zarar yetkazilishini oldini olish, O’zbekiston xududida oqib o’tuvchi suv yo’llarini tozalash, ariq-lotoklarni ta'mirlash va chegara to’g’risidagir qonun talablariga amal qilish yuzasidan fuqarolar o’rtasida targ’ibot ishlarini amalga oshirishdan iborat bo’ldi.

Tumanimiz vakillarini Qirg’iz ayili xukumat boshchisi Sh.Matraimov kutib oldi. O’zaro muloqot davomida Qirg’iziston tomonidan chegara mintaqasida joylashgan fermerlarning sug’orish tizimidagi yaroqsiz xolga kelib qolgan suv quvurlarini aniqlash va kamchimliklarni bartaraf etish uchun ishchi guruh tuzish hamda amalaga oshirilgan ishlar haqida muntazam axborot almashinish yuzasidan kelishib olindi. Suhbat chog’ida ikki qaradosh xalq o’rtasidagi azaliy mehr-oqibat, hamjihatlik haqida alohida ta'kidlandi. Har ikki tomon mutasaddilari qo’shnichilik rishtalarini yanada mustahkamlash, mintaqadagi masalalarni birgalikda xal etish to’g’risida gapalashdilar.

Qirg’iz kishtak oqsaqoli I.Kalpanov xamrohligida oltiariqlik mutaxassislar tomonidan chegara to’siqlari, suv yo’llari va quvurlarning xolati o’rganib chiqildi. Amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalar yuzasidan xamkorlikdagi chora-tadbirlar belgilandi.