Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN MARKAZIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI

×

 2024-02-08 11:11:24    435

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan markaziy ko’chalar va Dehqon bozori xududlarida obodonchilik ishlari, shaharsozlik me'yorlariga amal qilish xolatlari hamda o’zboshimchalik bilan o’rnatilgan qurilmalar o’rganib chiqildi.

Piyodalar yo’laklari, ariq-lotoklar va ko’kalamzor maydonlar tozalanib, yo’lovchi va xaridorlar uchun noqulaylik tug’dirayotgan qurilma va rastalar olib tashlanmoqda.

Tuman hokimining tashabbusi bilan savdo va maishiy xizmat shahobchalari hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Obodonlashtirish bo’limi xodimlari jalb etilib, suv yo’llaridagi beton quvurlar tozalanmoqda. Atrof-muhitga zarar yetkazuvchi xolatlar bartaraf qilinmoqda.

Ko’kalamzor maydonlar kengaytirilib, atrof xudud va piyodalar yo’lagi chetlariga temir panjaralar o’rnatilmoqda.


Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.