Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’Z BURCHINI BAJARMAGANLIGI SABABLI OTALARGA "15 SUTKA" MA'MURIY QAMOQ JAZOSI TAYINLANDI.

×

 2024-02-06 19:01:12    277

PDF yuklash
Chop etish


      Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo’limi ish yurituvida bo’lgan aliment undirish bilan bog’liq ijro hujjatlari bo’yicha uzoq muddatdan buyon aliment qarzdorligini to’lashdan bo’yin tovlab kelayotgan 4 nafar qarzdorlarga nisbatan hujjatlar O’zbekiston Respublikasi MJtKning 47/4-moddasi bo’yicha qonuniy chora ko’rish uchun hujjatlar tayyorlandi.

     Tayyorlangan hujjatlar jinoyat ishlari bo’yicha Oltiariq tuman sudida 06.02.2024 yil kuni ko’rib chiqilib, 3 nafar qarzdor otalar tomonidan qarzdorlikni to’lamaganligi sababli ularga nisbatan sud tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

      Shuningdek, 1 nafar qarzdor otaga aliment pullarini to’lab berishi uchun muddat berildi.


Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo’limi