Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"AJDODLAR MEROSI - KELAJAGIMIZ TAYANCHI" GRAND LOYIHASINING YAKUNIY BOSQICHI BO’LIB O’TDI
2024-02-03 15:56:59 475
Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashi xuzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e'lon qilingan "Yoshlar o’rtasida tariximizni, milliy qadriyatlarimizni va an'analarimizni keng targ’ib qilish" nominatsiyasi bo’yicha "Mahalla" xayriya jamoat fondi Oltiariq tuman bo’linmasi g’olib deb topilgan.
G’oya muallifi, ma'naviyat faxriysi Vahobjon Azimov hamda "Mahalla" jamoat fondi tomonidan bir yil davomida Oltiariq tumanida 15 dan ortiq tadbirlar o’tkazilidi. Ularada 900 nafardan ziyod aholi vakillari va yoshlar ishtirok etdilar.
Milliy qadriyatlar va an'analar, tarixiy materiallarni o’rganish hamda ziyoratgohlar haqida ma'lumot beruvchi videoroliklar, teleko’rsatuvlar tayorlanib, Farg’ona televideniyesi orqali keng ommaga namoyish etildi.
Quvonarlisi, g’oya tashabbuskori tomonidan chop etilgan "Oltiariq madaniy meroslari" nomli risola bugungi kun va kelajak yoshlari uchun foydali qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Mazkur kitobchaning ommaviyligini e'tiborga olib, qo’shimcha nusxada chiqarildi va ta'lim muassasalari, mehnat jamoalari, viloyat, respublika xatto ingliz va arab tillariga tarjima qilinib, Saudiya Arabistoni, Angliyaning London shahriga ham yetib borganligi ahamiyatli. Ajdodimiz Imom Buxoriyning ilmiy salohiyati va xayoti haqida hikoya qiluvchi risola chop etilib, foydalanuvchilarga yetkazildi.
Bundan tashqari loyiha doirasida yoshlar va nuroniylar ishtirokida tarixiy obidlar, ziyoratgohlar, muzeylarga sayohatlar uyushtirildi. Madaniy va sport tadbirlari, seminarlar tashkil etildi.
"Ajdodlar merosi - kelajagimiz tayanchi" grand loyihasini amalga oshirishda Xalq deputatlari viloyat Kengashi, Farg’ona Davlat Universiteti, Qo’qon va Farg’ona shaharlari Davlat muzeylari, viloyat va tuman Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Oltiariq tumani Erkin Vohidov uy-muzeyi, "Oltiariq oltin qo’lqop" boks to’garagi hamda mehnat faxriysi O.Abdurahmonovlar yaqindan ko’mak berdilar.
Oltiariq Markaziy Madaniyat saroyida o’tkazilgan yakuniy tadbirda loyiha qatnashchilari, tuman Madaniyat bo’limi xodimlari, nuroniylar va yoshlar hamda tuman "Nuroniy" jamg’armasi raisi K.Parmonov ishtirok etdilar.
Tadbirda tuman madaniyat bo’limi san'atkorlari va milliy folklor ansambli qatnashchilari ijrosida kontsert namoyish qilindi. "Mahalla" xayriya jamoat fondi tomonidan faol ishtirokchilar "Diplom", "Tashakkurnoma" va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.