Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TERRORIZM – MANFUR TO’DA VA YOVUZ KUCHLAR JAHOLATI
2024-02-01 09:47:08 562
Xozirda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, avvalo, xalqaro terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, yoshlar o’rtasida xalqimizga yot g’oyalar tarqalishining tobora kuchayib borayotganligi xuquq-tartibot idoralari oldiga o’z vaqtida ularning oldini olish va ularga barxam berish bo’yicha yangi vazifalarni qo’ymoqda.
Keyingi paytlarda xavfsizlik va barqarorlikka tahdid soluvchi xalqaro terrorizm va narkobiznes kabi global muammolar bir yoki ikki mamlakat doirasida xal bo’ladigan masala emasligini barcha anglab yetmoqda. Xozirda ana shunday illatlarni davlatlararo xamkorlik asosida izchillik bilan bartaraf etish muhim bo’lib qoldi. Yurtimizning tinchligi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning xududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz dahlsizligini, fuqarolarimizning osoyishtaligini ta'minlash bilan uzviy bog’lik.
Mustaqilligimizga rahna solishi mumkin bo’lgan turli kuchlar mavjudligi bugun xammamizga ayon. Bu esa har bir davlatda, xududda, oilada, mahallada, butun jamiyatda xushyorlikni oshirishni talab qilmoqda.
Din niqobi ostidagi terrorchilar jamiyat o’rtasida buzg’unchilik, noaq qon to’kish kabi salbiy xolatlarni avj oldirib, Vatan ravnaqi va islom dini rivojiga rahna solishga urinmoqdalar.
Bugun butun dunyoga xavf solayotgan, din niqobi ostida turli xunrezliklarni amalga oshirayotgan IDning sohta iddaolari-yu g’alamisliklarini, aslida, ular ayrim kuchlarning “qonli qo’li” ekanligini ko’pchilik yaxshi biladi. Zero, ularning dahshatli qirg’inlari, vayronkorlik ruhidagi qarashlarini ommaviy axborot vositalari orqali kuzatib boryapmiz. Biroq oramizda anglab-anglamay, jaxoniy va'dalarga ishonib, ularning safiga qo’shilayotgan yoshlar ham uchrab turibdi. Yaqinda internet saytlardan birida jangarilarga qo’shilgan xorijlik ayrim yoshlar haqida maqola e'lon qilindi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:
«N. fevral oyidan may oyigacha ID jangarilari safida bo’lgan. Dastlab u narkotik moddalar iste'mol qila boshlaydi. So’ng shu yo’nalishda faoliyat olib boradigan jinoyatchilar bilan tanishadi. Ular shariat, din, jihod haqida gapirib, o’zlarining chupchaklari bilan N.ning ongini zaxarlashadi.
- Biz 11-12 kishi bir guruh bo’lib Gaziantep (Turkiya sharqidagi shahar) shahriga bordik va tunda chegaradan o’tdik, – deb hikoya qiladi N. – U yerda bizni «Al-Qoida» jangarilari tekshirishdi. Xamrohlarimizdan biri arabchani yaxshi bilar ekan, u bizning ID a'zolaridan ekanimizni aytdi. Yarim soatlardan so’ng ortimizdan kelishdi va soat tungi 3 larda Suriyaga yetib oldik, ertalab lagerda bo’ldik. 15 kun biz harbiy tayyorgarlikdan o’tdik: yugurish, jang qilish, quroldan o’q otish kabi mashqlarni bajardik. Bizga alohida o’rgatuvchi biriktirilgan. Ammo bizni juda mukammal tayyorlashdi, deb ayta olmayman. Chunki ular uchun eng muhimi askarlar quroldan o’q uzishni o’rganishsa bo’ldi. Bir muddat o’tgach, bizni guruhlarga ajratib, jang kechayotgan nuqtalarga yuborishdi. Bizning jangovar guruhimizga bir turk rahbarlik qilardi.
Harbiy mashqlar tugagach, ertasi kuni ilk marotaba jangga kirdim. Guruhimiz kutilmaganda pistirmaga duch keldi va bizni o’qqa tutishdi. Omon qolganlar murdalarni yig’ib, ortga, Rakkaga qaytdik.
Ha, bir kuni 3 nafar odamning qatl qilinishini ko’rdim. Ulardan biri menga qaradi va yaqin vaqt ichida o’ldirilishini anglab turgan bo’lsa-da, kuldi. O’zimni tutib turolmay, tepdim, u indamadi va men “tez orada kallangdan judo bo’lasan”, dedim. Jangdan so’ng asablarim ado bo’lgandi. Uning xotirjam ustimdan kulishiga chiday olmadim.
Ular odamlarni shunday qo’rqitishadiki, bu aqlga sig’maydi. Xatto 14 yoshli bolakayni ham kiprik qoqmay, xuddi qo’ydek bo’g’izlab tashlayverishadi. Bu yog’ini o’zingiz tasavvur qilavering. Ular qanday dori ichgan, nima yegan – bilmayman, xullas, odamlik siyohi yo’q. Zombi singari odamlarni chavaqlashadi. So’ng, o’z yurtlarini ozod qilgandek, xursand bo’lishadi. Men 3-4 marotaba ana shunday voqealarni o’z ko’zim bilan ko’rdim. Bu – dahshatning o’zi!»
Siz o’qigan voqealar IDning yovuz jinoyatlarining mingdan biri, xolos. «Birni ko’rib, fikr qil, birni ko’rib, shukr qil», deganlar. Shunday ekan, insonlarni imondan, Vatanidan, yaqinlaridan, xayot quvonchlaridan ayirayotgan bu kabi manfur to’dalarning qutqu va nayranglaridan ogoh bo’ling. Alloh bergan omonat umrni solix amallar bilan bezating!
Bu borada ta'lim muassasalarida, mahallalarda keng tushuntirish ishlarini olib borish, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ko’prok, kasb-xunar va bilim egallashga, kitob mutolaasi va sportga jalb etish muhim axamiyat kasb etadi. Zero, ezgulikka to’la qalb soxibi bo’lgan insonlardan hech qachon yovuzlik va jaholat chiqmaydi.