Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MATBUOT ANJUMANI: JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHDA KENG JAMOATCHILIKNING ISHTIROKI MUHIM
2024-01-29 17:07:10 493
Oltiariq tumanida jinoyatchilikka qarshi kurash, uni oldini olish borasida tuman hokimligi, xuquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligi bo’yicha o’tkazilgan Matbuot anjumanida tuman hokimining maslahatchisi M.Fayziyev, matbuot kotibi A.Xonkeldiyevlar tuman hokimligi, jamoat tashkilotlari va faollar bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdilar.
Tuman IIB boshlig’ining xizmat bo’yicha o’rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig’i, podpolkovnik T.Sultonovning ma'ruzasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi Kontseptsiyasi" ijrosi hamda jamoat xavfsizligini ta'minlovchi va jamoat xavfsizligini ta'minlashda ishtirok etuvchi sub'ektlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilib berildi. IIB shaxsiy tarkibi va MFY profilaktika inspektorlarining xizmat sharoitlarini yaxshilash, tajribalarni ommalashitirish hamda rag’batlantirib borish bo’yicha qilinayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berildi.
Xodimlaraning kasb mahoratini oshirish, malaka oshirish o’quvlariga jalb qilish, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi tadbirlar, milliy qadriyatlar, kitobxonlik tadbirlari hamda sprot va madaniy dam olish ishlarini tashkil etish bo’yicha ishlar hakida IIB kadrlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, mayor L.Solijonov batafsil ma'lumot berdi.
Oltiariq tuman hokimligi Axborot xizmati