Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQ TUMANIDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH VA UNI OLDINI OLISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR YUZASIDAN PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI
2024-01-29 17:03:27 523
Farg’ona viloyati hokimligi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga asosan, Oltiariq tumanida jinoyatchilikka qarshi kurash, uni oldini olish borasida tuman IIB profilaktika inspektorlarining faoliyati hamda MFYlarda profilaktika inspektorlarining ish samaradorligini oshirish bo’yicha yaratilgan sharoitlar yuzasidan Press-tur va tuman hokimligi, xuquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligi izasidan Matbot anjumani bo’lib o’tdi.
Matbuot tadbirida tuman IIB rahbariyati, tuman hokimligi vakillari, Diniy bo’lim, Istemolchilar huquqini himoya qilish jamiyati tuman bo’limi rahbarlari, OAV vakillari, telejurnalist va blogerlar ishtirok etdilar.
Dastlab, Press-turda 1-sektordagi 7 ta mahalla misolida bu boradagi ishlar bilan tanishildi.
Jumladan, Poloson MFY profilaktika inspektori tomonidan "xavfsiz mahalla" tamoyili doirasida jamoatchilik va faol yoshlar bilan hamkorlikdagi ishlar, xududni kuzatuv kameralari bilan ta'minlash va ulardan samarali foydalanish bo’yicha erishilgan natijalar haqida ma'lumotlar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo’g’in sifatida ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni hamda “O’zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo’lga qo’yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar, Davlatimiz Rahbari raisligida 2023 yil 22 dekabrda o’tkazilgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig’ilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar haqida tushunchalar berildi.
Diniy bo’lim boshlig’i A.Xakimov aholining xuquqiy savodxonligini oshirish va ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash borasidagi hamkorlikdagi ishlar yuzasidan ma'lumot berdi.
Oltiariq tuman hokimligi Axborot xizmati