Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PROBATSIYA HISOBIDAGILAR JAZODAN OZOD QILINDI
2024-01-16 20:02:55 920
Jinoyat ishlari bo’yicha Oltiariq tuman sudi binosida, tuman IIB Probatsiya guruhi, tuman Prokuraturasi va JIB Oltiariq tuman sudi tomonidan tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan mahkumlar ishtirokida sayyor sud tashkil etilib, Unda sudlar tomonidan tayinlangan jazoni o’tash tartib qoidalariga amal qilgan holda va sud hukmi bilan belgilangan majburiyatlarni to’liq bajarib kelayotgan 16 nafar jazo o’tayotgan shaxslar tuman IIB boshlig’i nomidan kiritilgan taqdimnoma asosida, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasi tartibida tayinlangan jazodan muddatidan avval shartli ozod etildi.
Aksincha, sud tomonidan tayinlangan jazoni o’tash tartib qoidalariga amal qilmagan, belgilangan majburiyatlarni qo’pol ravishda buzib, jazo o’tamayotganligi sababli 2 nafar ahloq tuzatish ishlari jazosini o’tayotgan mahkumni O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 46-moddasi tartibida JIB Oltiariq tuman sudining ajrimi bilan o’talmay qolgan jazosi og’irroq jazo turiga almashtirildi.