Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E'TIBORDA
2023-12-28 21:29:57 2044
Oltiariq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Sh.Turdaliyevning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo’yicha fuqarolar qabuli o’tkazildi.
Unda Oltiariq tumani Xalq qabulxonasi mudiri J.Bozorov hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Qabulda jami 14 nafar fuqarolarning murojaatlari ko’rib chiqildi.
Tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, subsidiya, bandlik, sog’liqni saqlash, bola nafaqasi va boshqa turli masalalar bo’yicha murojaatlar ro’yhatga olinib, 2 nafar murojaatchiga xuquqiy tushunchalar berildi. 2 nafar murojaatchi murojaati ijobiy hal etilganiga tashakkur bildirdi.
Qolgan murojaatlarni o’z muddatlarida ijrosini ta'minlash bo’yicha tegishli tashkilot va muassasa rahbarlariga topshiriqlar berildi, va ijrosi nazoratga olindi.