Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

19 TA MFYLARDA YASHOVCHI 36 NAFAR XOTIN-QIZLAR OLTIARIQ TUMAN IIBGA OLIB KELINDI.

×

 2023-12-28 17:32:40    1201

PDF yuklash
Chop etish


Bu yerda ularni tuman Ichki ishlar bo’limi boshlig’i, polkovnik Ilxomjon Sotvoldiyev alvon gullar bilan kutib oldi.

IIB rahbarligidagi 3-sektor xududida ja'mi 19 ta MFYlar mavjud. MFY xodimlari hamda sektor ma'muriyati tomonidan o’tkazilgan "xonadonbay" o’rganishlar natijasida ishsiz, yordamga muxtoj xotin-qizlar aniqlangan. 

Ushbu ro’yhatdagi xotin-qizlarga "Ayollar daftari" jamg’armasi xisobidan subsidiya asosida 35 ta tikuv mashinalari va 1 ta nootbuk (kompyuter) olib berildi.

Yangi yil arafasida 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig’i, polkovnik I.Sotvoldiyev, xududdagi MFY hokim yordamchilari, xotin-qizlar faolllari ishtirokida topshirilgan ushbu ish qurollari chinakamiga bayram sovg’asi bo’ldi.

Ko’rsatilayotgan e'tibor va g’amxo’rlikdan mamnun bo’lgan ayollar minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Madaniyat bo’limi san'atkorlari tomonidan kuy-qo’shiqlar ijro etildi. Tadbir bayramona kayfiyatda o’tdi.



https://t.me/oltiariqtumanihokimligi