Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLINI RO’YXATGA OLISH AMALGA OSHIRILADI

×

 2023-12-26 16:57:31    957

PDF yuklash
Chop etish


 


Aholini ro’yxatga olish shunchaki statistika emas, balki bu mamlakat aholisining ma'lum bir vaqtdagi fotosuratini ko’rish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi. Ro’yxatga olish ma'lumotlari aholining soni, tarkibi va taqsimlanishi to’g’risida to’liq tasavvurni uyg’otadi. Bundan tashqari, milliy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalaniladigan demografik o’zgarishlarning tendentsiyalarini o’rganishga imkoniyat yaratadi.

Aholini ro’yxatga olish tadbiri davlat darajasidagi keng ko’lamli, ko’p vaqt va katta mablag’ talab etadigan tadbir bo’lib, uni o’tkazish uchun xalqaro talablarga asosan 2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi.

Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini ro’yxatga olish tadbiri ilk bor o’tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rish va uni sifatli o’tkazish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 710-son qarori qabul qilingan.