Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUNOSABAT

×

 2023-12-26 10:16:28    513

PDF yuklash
Chop etish



Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridan boshlab munis va mo’'tabar ayollarimizning og’irini yengil qilish, huquq va manfaatlarini ta'minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish masalasini davlat siyosatining muhim yo’nalishi sifatida belgilab berdi. Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash borasida berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yildan yilga ortib bormoqda.


Joriy yilning 21 dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-208-sonli Farmonni soha xodimlari, ko’p sonli xotin-qizlar mamnuniyat bilan o’qib, tanishib chiqdik. 


Xususan, iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qo’llab-quvvatlash tizimining yaratilishi, ularning kasbiy ko’nikmalarining oshirilishi va munosib ish topishlariga ko’maklashish orqali jamiyatda ilg’or fikrli ayollar soni yanada ortadi. Oilalarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, sog’lom ovqatlanish va reproduktiv salomatlik qoidalarini ommalashtirish orqali sog’lom va baxtli oilalar safi kengayadi.


Shuningdek, erkaklar va xotin-qizlar huquqiy tengligini ta'minlash bo’yicha davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamda jamiyatda qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining tashkil etilishi salohiyatli va lider ayollarni yanada qo’llab-quvvatlash uchun zamin yaratadi.


Qolaversa, xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish orqali ularni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish, nizoli oilalardagi muhitni ijobiy tomonga o’zgartirishga katta yordam beradi. Zero, huquqini bilgan inson aslo xor bo’lmaydi.


Xilola Atajonova,

Oltiariq tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i.


https://t.me/oltiariqtumanihokimligi