Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

×

 2023-12-22 16:19:52    880

PDF yuklash
Chop etish



«QO’RIQLASh FAOLIYaTI TO’G’RISIDA»GI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINIShI MUNOSABATI BILAN O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O’ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 22 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2023 yil 28 oktyabrda ma'qullangan


Mamlakatimizda qo’riqlash faoliyatining huquqiy va tashkiliy asoslarini, jismoniy va yuridik shaxslarga qo’riqlash xizmatlarini ko’rsatish chog’ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida «Qo’riqlash faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda qo’riqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish asoslari hamda qo’riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi sub'ektlarning huquqiy maqomi mustahkamlab qo’yildi.

Shu bilan birga huquqni qo’llash amaliyotida qo’riqlash faoliyati sohasiga doir ayrim tushunchalar turlicha talqin etilishining oldini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartishlar kiritish zaruriyati mavjud.

Mazkur Qonun bilan «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’g’risida»gi va «O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining ayrim normalarini «Qo’riqlash faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o’zgartishlar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun qo’riqlash faoliyati sohasidagi tushunchalarning aniq va bir xil qo’llanilishiga xizmat qiladi.

1-modda. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’g’risida»gi 938-XII-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 338-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 4-5, 126-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 112-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; 2002 yil, № 4-5, 74-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda; 2007 yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 1, 4-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 12, 341-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019 yil, № 5, 265-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda, № 11, 792-modda, № 12, 880-modda; 2020 yil, № 11, 652-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022 yil, № 2, 79-modda, № 5, 464-modda, № 10, 979, 982-moddalar) 37-moddasi birinchi qismi «v» bandining o’zbekcha matnidagi «soqchilikdagi» degan so’z «qo’riqlashdagi» degan so’z bilan almashtirilsin.

2-modda. O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021 yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022 yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 250-modda:

uchinchi qismining to’rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmasi boshlig’i va uning o’rinbosari, yong’inning oldini olish bo’yicha otryad (komanda, o’t o’chirish poyezdi) boshlig’i va uning o’rinbosari, katta yo’riqchi va yo’riqchi, komandaning, o’t o’chirish poyezdi komandasining, harbiylashtirilgan qo’riqlash komandasining (qorovul) boshlig’i»;

to’rtinchi qismining o’zbekcha matnidagi «soqchilikning bo’linmasi» degan so’zlar «qo’riqlash bo’linmasining» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

2) 252-moddaning ikkinchi qismidagi «harbiylashtirilgan idoraviy soqchiligining» degan so’zlar «idoraviy harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmasining» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

3) 284-moddaning to’rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yuridik shaxslarning qo’riqlanadigan ob'ektlariga, boshqa mol-mulkiga tajovuz qilish bilan bog’liq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda huquqbuzar O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari yoki harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmasi ishchilari va xizmatchilari tomonidan huquqbuzarlikka barham berish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash va huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma tuzish uchun O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organiga, harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmasining xizmat binosiga yoki ichki ishlar organlariga ushlab keltirilishi mumkin»;

4) 287-moddaning 3-bandidagi «harbiy soqchilikning» degan so’zlar «harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmasining» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

5) 289-moddaning:

birinchi qismidagi «harbiy soqchilik» degan so’zlar «harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmalarining» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi «harbiy soqchilik» degan so’zlar «harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmalarining» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

6) 291-modda birinchi qismining «j» bandidagi «harbiylashtirilgan soqchilikning» degan so’zlar «harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmalarining» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

3-modda. O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to’g’risida»gi O’RQ-647-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020 yil, № 11, 653-modda; 2022 yil, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda) 28-moddasining ikkinchi qismidagi «soqchilik bo’linmalari» degan so’zlar «qo’riqlash bo’linmalari ishchilari va» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

4-modda. O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o’rtasida tushuntirilishini ta'minlasin.

5-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023 yil 28 noyabr,

O’RQ-881-son


(Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023 y., 03/23/881/0906-son)