Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PROKUROR SEKTORIDA "SAYYOR QABUL"
2023-12-15 14:38:40 786
Oltiariq tumani 2-sektoridagi Mirfozil, Uzuchi, Ko’mirchi MFY lari fuqarolari uchun tuman prokurori R.Tillayev "Sayyor qabul" o’tkazdi.
Unda tuman Xalq qabulxonasi rahbari J.Bozorov hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Fuqarolarning elektr ta'minoti, imtiyozli kredit, tibbiyot bilan bog’liq masalalari hamda o’zini-o’zi band qilish uchun imtiyozli subsidiya asosida tikuv mashinalari va pechlar olish masalalari va boshqa ijtimoiy muammolari yuzasidan murojaatlar ko’rib chiqildi.
Ko’rib chiqilgan murojaatlarning ayrimlarining joyida bartraf etilishi ta'minlandi va muddat talab etadigan masalalar yochimi uchun muddat belgilandi.
Aholi muammolarini bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanib, tegishli tashkilot rahbarlariga zarur ko’rsatmalar berildi.