Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OCHIQ MULOQOT: "SOLIQCHI - KO’MAKCHI"
2023-12-15 13:40:42 619
Oltiariq tumanida Farg’ona viloyati hokimligi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg’ona viloyati boshqarmasi hamkorligidagi media-rejaga asosan, “Soliqchi – ko’makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida Soliq inspektsiyasi xodimlari va ta'luqli mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot o’tkazildi.
Muloqotda Oltiariq tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i I.Sultonov tumanda "Soliqchi - ko’makchi" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida bayonot berdi.
Prezidentimizning tadbirkorlik subektlari va aholi bilan o’tkazilgan ochiq muloqotlarda bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag’batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish haqidagi PQ-192-sonli qarori asosida, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i va yer solig’i (noturar ko’chmas mulk obektlari bundan mustasno) bo’yicha muddatida to’lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;
moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YaTTlarning qat'iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;
xo’jalik yurituvchi subektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha muddati o’tgan debitor qarzdorligi uchun qo’llanilgan jarimalar summasi haqidama'ruza qilindi.
Ochiq muloqot davomida asosan issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydonlari hamda ularda faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar to’g’risida keng muhokama o’tkazildi.
Ta'kidlash joiz, ayni kunlarda Oltiariq tumani soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilib, mazkur yangiliklar mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda, shu bilan birga, ularni qiynayotgan muammolar o’rganilib ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo’lgan qator yo’nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda.
Xususan, 2023-yil noyabr oyi davomida Oltiariq tumani soliq inspektsiyasi tomonidan 325 tadbirkorlik subektlarini qiynayotgan muammolar o’rganildi. Mazkur jarayon davomida ko’maklashish zarur bo’lgan 107 ta tadbirkorlik subektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to’lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko’rsatildi.
Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.