Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OCHIQ MULOQOT: "SOLIQCHI - KO’MAKCHI"

×

 2023-12-15 13:40:12    646

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanida Farg’ona viloyati hokimligi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg’ona viloyati boshqarmasi hamkorligidagi media-rejaga asosan, “Soliqchi – ko’makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida Soliq inspektsiyasi xodimlari va ta'luqli mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot o’tkazildi.

Muloqotda Oltiariq tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i I.Sultonov tumanda "Soliqchi - ko’makchi" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida bayonot berdi.

Prezidentimizning tadbirkorlik subektlari va aholi bilan o’tkazilgan ochiq muloqotlarda bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag’batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish haqidagi PQ-192-sonli qarori asosida, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i va yer solig’i (noturar ko’chmas mulk obektlari bundan mustasno) bo’yicha muddatida to’lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;

moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YaTTlarning qat'iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;

xo’jalik yurituvchi subektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha muddati o’tgan debitor qarzdorligi uchun qo’llanilgan jarimalar summasi haqidama'ruza qilindi.

Ochiq muloqot davomida asosan issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydonlari hamda ularda faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar to’g’risida keng muhokama o’tkazildi.

Ta'kidlash joiz, ayni kunlarda Oltiariq tumani soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilib, mazkur yangiliklar mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda, shu bilan birga, ularni qiynayotgan muammolar o’rganilib ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo’lgan qator yo’nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda.

Xususan, 2023-yil noyabr oyi davomida Oltiariq tumani soliq inspektsiyasi tomonidan 325 tadbirkorlik subektlarini qiynayotgan muammolar o’rganildi. Mazkur jarayon davomida ko’maklashish zarur bo’lgan 107 ta tadbirkorlik subektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to’lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko’rsatildi.

Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.