Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MFY XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN SEMINAR

×

 2023-12-12 17:16:16    404

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani Oila va xotin-qizlar bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan reja asosida, 1-sektor xududidagi 22 ta MFYlar xotin-qizlar faollari ishtirokida respublika komissiyasi majlisi bayonnomasining ijrosini ta'minlash maqsadida, "MFYlarda xotin-qizlar faoli ishini samarali tashkil etish hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha namunaviy tizim yaratish" mavzusida seminar-treyning o’tkazildi.

Seminarda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini va xuquqiy madaniyatini oshirish, ta'lim olish va har tomonlama manzilli qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish bo’yicha yangi tizimga o’tish tamoyillari ko’rib chiqildi.

MFY xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari, mahallalardagi "ettilik" hamkorligi hamda xaftalik va kunlik ish rejalari namuna tarzida ishlab chiqildi. Bu borada MFY xotin-qizlar faollariga zaruriy tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar-treyning jadval asosida har bir sektorda o’tkazilishi belgilab qo’yilgan.



Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.

https://t.me/oltiariqtumanihokimligi