Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLI DIQQATIGA 

×

 2023-12-09 10:05:36    610

PDF yuklash
Chop etish



Farg’ona viloyati hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig’i X.X.Bozarovning 2023 yil 5 dekabr kungi “Farg’ona viloyati hududida sovuq ob-havo sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda kuch va vositalarning shayligini ta'minlash to’g’risida”gi buyrug’iga asosan mamlakatimizga bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi, 9 dekabrdan respublikamizning sharqiy viloyatlarida yog’ingarchiliklar (yomg’ir,qor) kuzatilishi, 12-14 dekabr kunlari havo harorati -10-13 daraja sovuq bo’lishi kutilayotganligi munosabati bilan viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilotlar, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan sovuq ob-havo sharoitining salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Shuni inobatga olib, kutilayotgan ob-havo o’zgarishiga tayyorgarlik ko’rishingizni, elektr va gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilishingizni so’raymiz.


Bu borada Oltiariq tumanida yuzaga kelgan mavjud muammolarni hal etish uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasiga ( 734320534, 985000822 telefon raqami), “Oltiariqtumangaz” korxonasiga ( 734320792 telefon raqami), tuman “Suvta'minot” korxonasiga ( 734320965 telefon raqami), tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi (101, 734322001telefon raqami), Oltiariq tuman hokimligi kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish shtabi (734320023 telefon raqami)ga murojaat qilishingiz mumkin.


Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.