Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO’CHA VA YO’LLAR HAMMA UCHUN ...

×

 2023-12-02 13:50:56    835

PDF yuklash
Chop etish



Oltiariq tumani markazida bugungi kunda savdo va maishiy hizmat shahobchalarini sanab adog’iga yetish qiyin. Aholi ko’paygani sayin, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi fuqarolarning soni ham yanada ortib bormoqda. 

"Karvon ko’p, rizqi bo’lak" deganlaridek, hammalari ham xarakatiga yarasha manfaat topmoqda. 

Bozorning gavjumligi, savdoning qizg’inligi albatta to’qchilikdan dalolat.

Ammo, xususiy tadbirkorlar, yoymachi bozorchilar ayrim xollarda haddidan oshib, piyodalar yo’lagi, xatto transport yo’llarini ham to’sib, savdo qilishmoqda.

Keksa yoki nogironlik aravachasida yurgan fuqarolarniku qo’yavering. Bozorlar atrofida xatto bir chelak suvni to’kmasdan olib o’tish imkoni bo’lmagan yo’laklarga nima deysiz? Tumanga atrofdan keluvchilar ba'zan kinoya bilan "Xindistonku!" deganida, hijolat tortadi, odam.

Ilgari, buyum bozori yonganida ham o’t o’chiruvchilar rosa qiynalishgan, saqlab qolish mumkin bo’lgan ko’p narsalar yonib, kul bo’lgan.

Shu muammolarni bartaraf qilish maqsadida tuman hokimligi tomonidan tuzilgan mahsus ishchi guruh vakillari noqonuniy va o’zboshimcha qurilma egalariga iltimos qilib, ogohlantirish bermoqdalar. Hamma ish tartibli bo’lgani yaxshi. Savdo-sotiq bilan daromad topayotgan hamyurtlarimiz ham, ularning bozorini qizitayotgan aholi ham ko’cha va yo’laklarda emin-erkin yurishlari kerak. Manfaat uchun, o’zgalarga malol keladigan ishlarni qilish odamiylikdan emas. 

Qonuniy chora va jarimalar qo’llanilganida ayuhannos solishning foydasi yo’q!


https://t.me/oltiariqtumanihokimligi