Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JINOYAT MUHOKAMASI VA PROFILAKTIKA YUZASIDAN MUHIM VAZIFALAR

×

 2023-11-30 19:44:20    726

PDF yuklash
Chop etish



Oltiariq tumani hokimi Sh.Turdaliyev raisligida tuman prokurori R.Tillayev, tuman IIB boshlig’i I.Sotvoldiyev va tumandagi 72 ta MFY "beshlik" xodimlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. 

Unda viloyat IIB xuquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig’i, podpolkovnik O.O’rinboyev qatnashdi.

Quvirboshi MFYda sodir etilgan qotillik jinoyati yuzasidan muhokama o’tkazildi. 

Tumanda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.

Tuman hokimi, viloyat IIB xuquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig’i, tuman prokurori, tuman IIB boshlig’i tomonidan "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlarda mahalla "beshligi" va jamoatchilikning vazifalari haqida batafsil tushuntirib o’tildi.

MFY raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektorlariga aniq va kechiktirib bo’lmas vazifalar belgilab berildi.


https://t.me/oltiariqtumanihokimligi