Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH OYLIGI” DOIRASIDA SEMINAR-TREYNING
2023-11-23 18:46:36 675
Viloyat hokimining “Viloyat hududida korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish to’g’risida”gi Farmoyishiga asosan joriy yil 20 noyabrdan 20 dekabrga qadar “Korruptsiyaga qarshi kurashish oyligi” e'lon qilingan.
Oltiariq tumani hokimligida hokimlik xodimlari, tuman Kengashi deputatlari, MFYlarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, ta'lim, tibbiyot muassasalari, kadastr, qurilish bo’limi vakillari ishtirokida mavzuga bag’ishlangan seminar-treyning o’tkazildi.
Davlat idoralarida korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan ushbu targ’ibot tadbirida tuman hokimi Sh.Turdaliyev, viloyat hokimligi korruptsiyaga qarshi ichki nazorat bo’limi boshlig’i F.Nugmanov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bo’lim boshlig’i N.Xokimov, viloyat Adliya boshqarmasi Faxriylar Kengashi raisi R.Qirg’izov, viloyat IIB TQX JIB korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo’limi katta tezkor vakili mayor R.Abdullayev hamda tuman Adliya bo’limi boshlig’i A.Yuldashevlar o’z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Korruptsion xavf-xatarlarning oldini olish, kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash, bunday omillarni bartaraf etish kabi muhim vazifalar muhokama etildi.
Ma'ruzachilar tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish siyosatining asosiy tushuncha va tamoyillari, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining muhim yo’nalishlari haqida haqida batafsil to’xtalib o’tildi.