Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TEMIR YO’LIDAN EXTIYOT BO’LING”

×

 2023-11-21 15:44:32    715

PDF yuklash
Chop etish



 O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xuzuridagi Transnazorat” inspektsiyasi Farg’ona viloyati temir yo’l trasportida nazorat hududiy bo’limi bosh inspektorlari viloyatimiz fuqarolarini quyida keltirib o’tilgan holatlardan xulosa qilgan holda temir yo’l qoidalariga amal qilishlarini so’raydi.   

Respublikamiz temir yo’llarida 2023-yilning o’tgan 10-oyi davomida temir yo’l kesishmalarida va temir yo’l tizimi tarmoqlarida jami 61 ta xolat yuzaga kelgan bo’lib, shunda:  

Respublikamiz bo’yicha jami 63 kishi jaroxatlangan bo’lib, bulardan holatlarning 37 tasi o’lim oqibati bilan tugagan. 

Shulardan:

42 ta erkaklarni (22 tasi), 

15 ta ayollardan (12 tasi), 

6 ta yosh bolalardan (3 tasi) vafot etgan.  

 Shulardan joriy yilning o’tgan davri davomida temir yo’l kesishmalarida va temir yo’l tizimi tarmoqlarida Farg’ona mintaqaviy temir yo’l uzeli UK hududidagi temir yo’llarda jami 16 ta holat yuzaga kelgan bo’lib shundan 4 tasi o’lim holati bilan tugagan. Shundan 16 ta jabirlanganlardan 9 tasi erkak jinsiga mansub kishilar bo’lib 1 tasi o’lim oqibati bilan tugugan. 4 tasi ayol jinsiga mansub kishi bilan yuzaga kelgan bo’lib 3 atsi o’lim oqibati bilan tugagan, bundan tashqari 3 ta holat yosh bolalar bilan sodir bo’lgagan.  

Bo’lib o’tgan nohush hodisalarni Farg’ona viloyatlar talqinida ko’rganimizda, quyidagi ko’rinishda bo’ladi. Jumladan:

1). 10.01.2023-yil kuni mashinist Maxmudov boshqaruvida bo’lgan 0112-sonli elektrovoz soat 04-53 dan 05-37 daqiqa o’tgunga qadar Qo’qon-Buvayda stansiyalar oralig’idagi peregonni 14 km PK 7 da 126-sonli poyezd bilan noma'lu ayol kishini urib yuborganligi sababli turib qolgan. Jabirlanuvchi shifoxonaga yuborilgan.  

2). 12.01.2023-yil kuni mashinist Axmedov boshqaruvida bo’lgan ChME3 rusumli 4440-sonli manevr teplovoz bilan Quvasoy- 38-Raz'ezd oraliq peregonidagi 34 km PK 3 da 4371-sonli poyezdi bilan soat 15-30 dan to 15-35 daqiqa o’tgunga qadar noma'lum erkak kishini urib yuborganligi sababli turib qolgan. Jabirlanuvchi shifoxonaga yuborilgan.  

3). 20.02.2023-yil kuni mashinist Farxodov boshqaruvida bo’lgan 2421-raqamli elektrovoz 2004-sonli poyezd bilan soat 05-25 daqiqa o’tganda Qo’qon-Buvayda stansiyalar oralig’idagi peregonni 17 km PK 5 da noma'lu erkak kishini urib yuborgan, holat o’lim oqibati bilan tugagan. 

 4). 28.02.2023-yil kuni mashinist Mo’minov boshqaruvida bo’lgan 2421-raqamli elektrovoz 2111-sonli poyezd bilan soat 08-43 daqiqa o’tganda Qo’qon-Qaqir stansiyalar oralig’idagi peregonni 192 km. 7-piketida noma'lum erkak kishini urib yuborgan, jabirlangan kishini shifoxonaga yuborilgan. Ushbu 2111-sonli poyezd soat 09-05 daqiqa o’tganda jo’nab ketgan. 

 5). 16.05.23 yil kuni mashinist Umarov boshqaruvida bo’lgan 0407- sonli elektrovoz 3001-sonli poyezd bilan soat 11-04 to 11-15 daqiqa o’tgunga qadar Qo’qon-Buvayda stansiyalar oralig’idagi peregoni 20 km PK 7 da to’xtab ketgan sababi yo’lda taxminan nom'lum 5-6 yosh bolani urib yuborgan. Holat o’lim oqibati bilan tugugan. Ushbu 3001-sonli poyezd soat 12-05 daqiqa o’tganda jo’nab ketgan

6). 02.06.2023-yil kuni mashinist Sharipov boshqaruvida bo’lgan 0109-sonli elektrovoz soat 10-28 dan 10-50 daqiqa o’tgunga qadar Marg’ilon-Oxunboboyev stansiyalar oralig’idagi peregonni 262 km PK 8 da 125-sonli poyezd bilan noma'lu ayol kishini urib yuborganligi sababli turib qolgan. Holat o’lim oqibati bilan tugugan.  

7). 19.10.23-yil kuni 3471-sonli poyezd bilan mashinist Xalilov boshqaruvida bo’lgan  0408-sonli elektrovozida soat 06-29 daqiyqa o’tganda Qo’qon-Buvayda stansiyalar oralig’idagi peregonni 18 km PK 8 da noma'lu ayol kishini urib yuborganligi sababli turib qolgan, holat o’lim oqibati bilan tugagan. Poyezdni to’xtagan joyidan harakatni soat 07-09 daqiyqa o’tganda harakatni davom ettirgan.

8). 13.09.2023-yil kuni 3403- sonli poyezd bilan mashinist Shodiyev boshqaruvida bo’lgan 0303/0306-sonli elektrovozlarda soat 19-53 daqiyqa o’tganda Margilan - Oxunboboyev stansiyalar oralig’idagi peregonni 261 km Pk 9 da noma'lu erkak kishini urib yuborganligi sababli turib qolgan, jabirlangan kishini shifoxonaga yuborilgan.

9). 26.09.23-yil kuni 3673-sonli poyezd bilan mashinist Nodirov boshqaruvida bo’lgan ChME3 rusumli 6106-sonli manyovr teplovozida soat 15-45 daqiyqa o’tganda Uchqo’rgon-Shamoldisoy stansiyalar oralig’idagi peregonni 2 km da noma'lu erkak kishini urib yuborganligi sababli turib qolgan, jabirlangan kishini shifoxonaga yuborilgan va poyezdni to’xtagan joyidan harakatni soat 16-10 daqiyqa o’tganda davom ettirgan. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilgan holda temir yo’l hududida yurganda ayrim yoshlarni telefon quloqchinlardan foydalanishlari, belgilanmagan joylardan yurishlari hamda temir yo’l qoidalari talablariga rioya etmasliklari bu kabi holatlarga olib kelishga sabab bo’layotganligi to’g’risida eslatib o’tmoqchimiz. Bu bilan temir yo’llar xududida yurganda quyidagi qoidalarga qa'tiy amal qilish talab etiladi.   

 Temir yo’lni kesib o’tish vaqtida avval poyezdlarni yaqinlashib kelmayotganligiga ishonch hosil qilgandan so’ng harakatlanishni davom ettirish, kesib o’tish to’g’ri burchak ostida bo’lishi,o’tish joylarida rels ustiga oyoq qo’ymasdan harakatlanish, strelka o’tkazgichi ustida oyoq bilan turish, to’xtab turgan vagonlar tagidan o’tish mumkin emas. Stansiyalarda elektrovoz, teplovozlar to’xtab turganda ularni oldi yoki orqasidan o’tayotganda kamida 5 metr, 2 ta vagonlar orasidan kamida 10 metr oraliq masofasi bo’lishi kerak. Temir yo’llarni faqat belgilangan joylardan kesib o’tish talab etiladi.  

 Bundan tashqari temir yo’l bo’ylab yangi kontakt tarmog’i liniyasi qurilgan bo’lib elektr poyezdlar xarakatlanishi uchun tarmoqda 27,5 kV elektr kuchlanishi mavjud. Ushbu kontakt tarmog’i simlari 5675sm dan 6800sm balandlikdan xamda undan yuqori kuchlanishli elektr toki oqib o’tishi natijasida ushbu liniya bo’ylab elektr magnit maydoni xosil bulishi va o’z o’zidan shu liniyaga yaqin bo’lgan barcha metal qurilmalarda singdirilgan elektr toki xosil bo’ladi. Shu bois temir yo’l bo’ylarida extiyot bo’lishlari, xar xil metal konstruktsiya va jixozlarga qo’l tekkizmaslik tavsiya etiladi. Ota onalar o’z farzandlariga temir yo’l yaqinida mol - qo’y boqmaslik, ayeroplan o’yinlari o’ynamaslik, vagonlar osti yoki usidan kesib o’tmaslik xamda temir yo’l tayanchlariga o’rnatilgan choynaklarni (izolyator) sindirmasliklari xaqida o’qtirib borishlari so’raladi.

 Agar siz yoki farzandlaringiz poyezdlarni harakat havfsizligi buzilishiga sababchi bo’lsangiz yo’lovchi elektrovozlarni 1-minut to’xtab turishi 12388 so’m, lokomotiv bilan 1-soat to’xtab turishi 743280 so’m, yo’lovchi teplovozlar 1-minut to’xtab turishi 8767 so’mni, 1-soat to’xtab turishi 526020 so’m,. Yuk elektrovoz poyezdini 1-minut to’xtab turishi 4810 so’mni, 1-soat to’xtab turishi 288600so’m, yuk teplovozini 1-minut to’xtab turishi 9165 so’mni, 1-soat to’xtab turishi 549900 so’m jarima to’lashingizga sabab bo’ladi.     

 M.M.Yusupov,

Transnazorat” inspektsiyasi Farg’ona viloyati

 temir yo’l trasportida nazorat hududiy 

bo’limi bosh inspektori: