Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT
2023-11-17 16:27:41 1091
Oltiariq tumani Jarqo’rg’on MFY Ezgulik ko’chasida yashovchi bir guruh fuqarolarning tabiiy gaz tarmog’iga qayta ulanish mazmunidagi murojaatlari yuzasidan joyiga borib, aholi vakillari bilan muloqot o’tkazildi.
Tuman hokimi Sh.Turdaliyev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri J.Bozorov, sektor rahbari, tuman IIB boshlig’i I.Sotvoldiyev, qurilish va kommunal soha bo’yicha hokim o’rinbosari V.Sodiqov, "Oltiariqtumangaz" bo’limi muhandisi I.Bozorov, Jarqo’rg’on MFY raisi O’.Xusanov hamda 45 nafar mahalla fuqarolari ishtirokida suhbat o’tkazildi.
Tuman hokimi Sh.Turdaliyev kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish va uni betalofat o’tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Tuman hokimligida tashkil etilgan maxsus Shtabda barcha kommunal soha mas'ullari tomonidan amalga oshirilayotgan vazifalar haqida to’htalib o’tildi.
Tabiiy gaz tarmog’iga qayta ulanish masalasidagi murojaat tahlil etilib, bu boradagi o’rnatilgan tartib to’g’risida mutaxassislar tomonidan tushuntirish berildi.
Aholi xonadonlarini isitish masalasida tumandagi ko’mir omborida yetarli miqdorda mahsulot mavjudligi, MFY raisi ishtirokida har bir mahalla aholisi ehtiyoji uchun ko’mir yetkazib berilishi ta'kidlandi. Bundan tashqari suyultirilgan gaz ballonlarini belgilangan jadval asosida yetkazib berilishi masalasida tushuntirish berildi.
Sektor rahbari, IIB boshlig’i I.Sotvoldiyev suyultirilgan gaz va ko’mir mahsulotlari yetkazib berilishini jiddiy nazoratga olganligini ma'lum qilib, bu masalada mahalla faollari bilan muntazam aloqada bo’lishligini bildirdi.
Aholi vakillari o’tkazilgan muloqot davomida o’zlarini qiziqtirgan boshqa masalalarda ham yetarli javob oldilar.
Tabiiy gaz masalasidagi murojaat bo’yicha yetarli tushuncha olganliklarini ma'lum qilishdi.