Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"YASHIL MAKON" LOYIHASI KUZGI OBODONLASHTIRISH VA KO’CHAT EKISH OYLIGIDA OLTIARIQDA KO’KALAMZOR MAYDONLAR KENGAYTIRILMOQDA.

×

 2023-11-15 08:50:16    827

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimi Sh.Turdaliyev tashabbusi bilan Markaziy Farg’ona xududidagi dala yo’llari, ariq va zovur qirg’oqlarida bo’sh turgan yerlar aniqlanib, korxona va tashkilotlarga biriktirildi.

Yillar davomida qarovsiz turgan joylar tozalandi, Texnikalar yordamida suv yo’llari ochib,terak ko’chatlari ekish avjiga chiqdi. 

Har bir korxona va tashkilot barpo etayotgan yashil makonda maxsus belgilarini o’rnatib, xududlar ajratib olindi. 

Vaqti kelib ekilgan nihollar voyaga yetganida, teraklarni qurilish ashyosi sifatida sotib, jamoaga moddiy daromad keltirishlari mumkin.

Jumladan, Oltiariq tuman Yo’llardan foydalanish davlat muassasasi, "Vodiygazta'minot" va "O’zTelekom" Oltiariq filiali, Elektr tarmoqlari korxonasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Moliya, G’aznachilik bo’limlari Qiziltepa massividagi ichki dala yo’li hamda zovur chetlarida 4 km. masofada 15 ming tupdan ziyod teraklarni ekib, parvarishlashni rejalashtirganlar.