Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

3-SEKTORDA "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI

×

 2023-11-04 21:23:53    1100

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani Bo’rbonliq qishlog’ida 3-sektordagi mavjud 19 ta MFYlar raislari hamda xodimlari ishtirokida bugungi kundagi dolzarb vazifalar yuzasidan muloqot o’tkazildi.

Tuman IIB boshlig’i Ilxomjon Sotvoldiyev hamda yig’ilishda qatnashgan viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Turusunov "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar, obodonlashtirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo’yicha belgilangan vazifalar haqida fikr yuritdilar. Mahalla faollari va sektor xodimlari tomonidan aholi xonadonlari, ko’chalar, guzar va qabristonlar hamda ijtimoiy soha ob'ektlarida amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar to’g’risida kelishib olindi.

Shu kuni sektor rahbari tashabbusi bilan Gulobod, Shalola, Zilol MFYlari faollari bilan birgalikda faoliyati to’xtatilgan qabriston xududda xashar tashkil qilindi. Manzarali daraxt va tut ko’chatlari ekilib, obodonlashtirish ishlari amalaga oshirildi. "Yashil makon" umummilliy loyihasi tadbirlarida aholi va ayniqsa yoshlar faol qatnashdilar.


https://t.me/oltiariqtumanihokimligi