Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON QAXRAMONI, MARHUM LOLAXON MUROTOVA DALASIDA UCHRASHUV

×

 2023-10-30 18:12:57    927

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o’rinbosari Mahkamova Zulayxo Baxriddinovna Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida Oltiariq tumanida ham bo’ldi.

O’zbekiston Qaxramoni (marhum) Lolaxon Murotova boshchilik qilgan "Nurli obod" fermer xo’jaligi shiyponida oltiariqlik ayollar, "Yosh fermer qizlar maktabi" qatnashchilari, mahalla xotin-qizlar faollari va mehnat faxriylari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari K.Kavlonovi, viloyat "Tadbirkor ayol uyushmasi" rahbari D.Mehmonova, "Oqila ayol" harakati faollari iste'dodli shoira Z.Aliyeva, quvalik mashxur fermer M.Sayfuddinova hamda tuman-shahar hokimi o’rinbosarlari va tuman mas'ullari qatnashdilar.

Muloqot davomida mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini yanada oshirish, ular faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda boshqa dolzarb masalalarda fikr yuritildi.

Shu kuni "Qishloq ayollari kuni" munosabati bilan Oltiariq tuman madaniyat bo’limi san'atkorlari ijrosidagi bayram dasturi namoyish etildi.