Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SOLIQ SEKTORIDA "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI
2023-10-25 17:16:55 996
Oltiariq tumani 4-Sektorida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan kuzgi daraxt ekish mavsumi davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan seminar o’tkazildi.
Sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i I.Sultonov, tuman hokimining o’rinbosari A.Islomov, "Nuroniy" jamg’armasi rahbari K.Parmonov, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo’limi boshlig’i T.Boymatovlar MFY faollari, nuroniylar, fermer va tomorqa yer egalari hamda muassasalar rahbarlari bilan birgalikda "Yashil makon" umummilliy loyihasi yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar doirasida fikr almashdilar.
Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.