Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA

×

 2023-10-25 17:14:09    979

PDF yuklash
Chop etish


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oltiariq tumani 1-Sektorida kuzgi daraxt ekish mavsumiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.


Sektor rahbari, tuman hokimi Shamsiddin Turdaliv, "Nuroniy" jamg’armasi tuman bo’limi rahbari Komiljon Parmonov, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi boshlig’i Sardor Nomonjonovlar ishtirokida 2-Kasb-hunar maktabida o’tkazilgan seminarda sektor xududidagi MFY faollari, nuroniylar, yoshlar, ta'lim va tibbiyot muassasalari vakillari qatnashdilar.

"Oltiariq tumani mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining tuman aholisiga murojaati" yana bir bor o’qib eshittirildi.

Daraxt ekish va uni parvarishlash, o’zimiz yashayotgan maskanni yashil makon,  bog’u-bo’stonga aylantirishdek xayrli ishda xudud mutasaddilarining oldida turgan vazifalar muhokama etildi.

Faollar ishtirokida muassasa xududidagi bo’sh yer maydonlariga mevali va manzarali daraxt ko’chatalari ekildi.


Oltiariq tuman hokimligi axbarot xizmati.