Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TUMANIDA JINOYAT ISHLARI BO’YICHA TUMAN SUDI HAMDA IIB TOMONIDAN HUQUQIY TARG’IBOT TADBIRI BO’LIB O’TDI.

×

 2023-10-24 17:21:30    828

PDF yuklash
Chop etish


Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga bag’ishlangan targ’ibot tadbirida jinoyat ishlari bo’yicha Oltiariq tumani sudi raisi Ergashev Bahzod Xursanovich hamda tuman sudi sudyasi Xo’jamberdiyev Jamshid Abduxamidovichlar sud-huquq sohasidagi islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma'lumot berdilar.

O’zbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentyabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-869-sonli Qonuni hamda Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, amaliyotga joriy etilayotgan o’zgarishlar haqida ma'lumot berildi.

Xususan, yangi qonunga ko’ra endilikda sudlar tomonidan birinchi instantsiyada ko’rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko’rib chiqish vakolati berilayotgani, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasining qarori ustidan shikoyat (protest) berish masalasida yangi institut – sud ishlarini taftish tartibida ko’rib chiqish amaliyoti joriy etilayotgani tushuntirib o’tildi.