Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR - VATAN TAYANCHI
2023-10-19 14:34:21 907
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2022 yilda "Vatan tayanchi" bolalar va o’smirlar harbiy vatanparvarlik xarakati otryadlari tashkil etilgan. Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, o’sib kelayotgan avlodni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning davomi sifatida mazkur yo’nalishda ham turkum tadbirlar o’tkazilmoqda.
Oltiariq tumani hokimligi, tuman Mudofaa ishlari bo’limi, Maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi hamda xududdagi 9229"D"-sonli harbiy qism o’rtasida ishlab chiqilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlarda yoshlarning faolligi tobora ortib bormoqda.
Bugun DXX chegara qo’shinlariga qarashli harbiy qismda o’tkazilgan tadbirda harbiy vatanparvarlik xarakatining bir guruh a'zolariga "Vatan tayanchi" ko’krak nishoni topshirildi.
Tadbir davomida Oltiariq tuman hokimining chegara masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Fayziyev, Mudofaa ishlari bo’limi vakili A.Zaitov, harbiy qism komandirining o’rinbosari Z.Omonov, RXMXB boshlig’i U.Turdiqulovlar ishtirokida mavzu doirasida qiziqarli uchrashuv va suhbatlar tashkil etildi. Tumandagi 9-, 10-, 11-, 12-, 43-umumta'lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilari bu yerda
askarlik xayoti hamda harbiy texnika va qurol yaroqlar bilan tanishdilar.
Harbiylar tomonidan tayyorlangan o’quv mashg’uloti yoshlarda katta qiziqish uyg’otdi.