Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BU SIZDA HAM BO’LISHI MUMKIN

×

 2023-10-17 14:50:12    762

PDF yuklash
Chop etish



( Demodeks kanasi haqida)

Demodikoz-bu Demodeks kanasi keltirib chiqaradigan yuzning xusnbuzarli kasalligidir. Afsuski, bu kasallik keng tarqalgan, chunki ko’pchilik kattalar bu kasallik bilan kasallanadi.

Bu kasallik dunyo aholisining 1foizida, ko’proq ayollarda uchraydi. Erkaklarda esa bu xusnbuzarning og’ir asorati – burun usti qismining bo’rtib qizarishi uchraydi.

Xusnbuzar toshmasidan Demodeks kanasi topilib turadi va kananing xisobiga patalogik jarayon kuchayib, uzoq vakt davomida saqlanib turishi mumkin. 

Ular ko’zga ko’rinmas bo’lib faqat mikroskop orqali aniqlaniladi.

Demodeks kanasi inson yuzidagi tuklarda, qosh va kipriklarda yashab, yuzdagi o’lik xujayralar bilan oziqlanadi. 

Zararkunanda ko’pincha immuniteti past bo’lgan shaxslarda, asosan, 20-30 yoshli ayol va qizlarda uchraydi.

Demodikoz tashhisi qo’yilganda yuzni toza saqlash, boshqalarga yuqtirmaslik uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, oziqlantiruvchi kosmetik vositalaridan imkon qadar foydalanmaslik, shifokor ko’rsatmasi bilan parhez tutish, gazli hamda energetik ichimliklardan cheklanish kerak bo’ladi.

Agar sizning yuzingizda shunday xusnbuzarlar paydo bo’lsa, mutaxasisga murojat qiling va bunday noqulayliklardan tezroq bartaraf bo’ling.


F.To’raqulov teri-tanosil kasalliklari vrachi.

A. Abdukarimov vrach-laborant.