Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MFY HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI YUZASIDAN PRESS-TUR
2023-10-13 17:07:11 1022
Oltiariq tumani mahallalarida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xududlarda yangi ish o’rinlari yaratish va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha erishilgan natijalar bilan tanishish maqsadida Press-tur o’tkazildi.
Dastlab, jurnalist-blogerlar, jamoat tashkilotlari vakillari va faollar ishtirokida o’tkazilgan muloqotda tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo’limi rahbari To’ychiboy Boymatov xududdagi 72 ta MFYlarning hokim yordamchilari tomonidan o’tgan davrda amalga oshirilgan ishalar haqida batafsil ma'lumot berdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” Farmoni hamda tegishli xujjatlar asosida tumanada tashkil etilgan ishlar o’z samarasini bermoqda.
Joriy yil boshidan hokim yordamchilari tomonidan tumandagi 40 721 ta xonadonlar, 63 967 ta oilalar xatlovdan o’tkazilib , 225 836 ta fuqarolar ma'lumotlari “online-mahalla.uz” platformasiga nomma-nom kiritish ishlari olib borilmoqda.
Xatlovda aniqlangan ishsiz fuqarolardan shundan 16 905 nafarini bandligi ta'minlandi.
Doimiy va mavsumiy ishga o’rinlariga 10 403 nafar fuqarolarni ishga joylashtirilib bandligi ta'minlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va o’zini o’zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan tumanda joriy yil shu kunga qadar 6 502 nafar mehnatga layoqatli ishsiz yoki norasmiy band aholini o’zini-o’zi band qilish orqali bandligi ta'minlandi.
Misol uchun, tumanning Qapchug’ay MFYning drayveri - xizmat ko’rsatish va uzumchilik yo’nalishi bo’lib, 150 dan ortiq fuqaro o’zini o’zi band qilgan.
Subsidiya mablag’lari hisobiga tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta'minlash va ularga mehnat qurollari va asbob-uskunalari olib berish, yengil konstruktsiyali issiqxonalar qurib berish va sug’orish vositalari sotib olish uchun hokim yordamchilarining tavsiyalari bilan 302 nafar fuqarolarga 1 110.5 mlrd. so’mlik subsidiyalar ajratildi.
388 nafar fuqarolar kasb-hunarga va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha:
Hokim yordamchilari tomonidan hududiy investitsiya dasturlariga kiritilmagan qiymati 31,1 mlrd.so’mlik 28 ta kichik (mini) loyihalar amalga oshirilib, natijada 144 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Oilaviy tadbirkorlik yo’nalishida hokim yordamchisi tavsiyasiga asosan yil boshidan hozirgi kunga qadar 2 340 nafar fuqarolarga 47,9 mlrd.so’mlik kredit mablag’lari ajratildi.
Tomorqadan samarali foydalanish bo’yicha:
Fuqarolarga dehqon xo’jaligini tashkil etish uchun ochiq auktsion savdolariga (30 yilga ijaraga) quyilgan yer maydonlaridan (2022-2023 y) jami 4 648 ta (2 078 gektar) lot bo’yicha tanlov g’oliblari aniqlangan.
Press-tur ishtirokchilari Katput MFYda joylashgan "AAA Group Valley" g’isht ishlab chiqaruvchi xususiy korxonaga tashrif buyurishdi. Jurnalist va blogerlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Korxonadagi xumdonlar, g’isht ishlab chiqarish jarayonlarini, ishchilarga yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdilar.
Korxona rahbari Muhriddin A'zamovning ma'lumot berishicha, mazkur korxonada 30 ta doimiy, 80 ta mavsumiy ishchilar bo’lib, talabga qarab kuniga 100 mingtagacha g’isht ishlab chiqariladi. G’isht ishlab chiqarish uchun hududdagi zovurlar kovlanib, ekologiyaning yaxshilanishiga ham hissa qo’shilmoqda. Mahsulotlar O’zbekistonning barcha viloyatlariga va qo’shni Qirg’iziston davlatiga eksport qilinmoqda. Korxona ishchilari bir oyda 10 million so’mgacha maosh olishib, oilasiga mo’may daromad keltirmoqdalar.
Keyingi manzil “Aqlli” nomli xususiy maktabgacha ta'lim tashkiloti bo’ldi. Tadbirkor Tohir Sobirov tomonidan oilaviy tadbirkorlik asosida mazkur ta'lim-tarbiya maskani 2022 yil 15 mart kuni tashkil etilgan. Bo’sh turgan bino qayta rekonstruktsiya qilinib, hokim yordamchisining ko’magi bilan davlatdan 31,7 mln so’m imtiyozli kredit ajratilgan. Maskanda 8 ta ish o’rni yaratilib, 4 nafar "Ayollar daftari"da turuvchi, 2 nafar "Yoshlar daftari"da turuvchi va 2 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar ish bilan ta'minlangan.
Prezidentimizning 373-sonli Qaroriga asosan, ayollar, yoshlar va temir daftarda turuvchi, shuningdek,migrantlardan iborat 67 nafar fuqaroga dehqon xo’jaligi faoliyatini yuritish uchun 30 yil muddatga 10 sotixdan unumdor yerlar ijaraga berildi. Ushbu yerlardan samarali foydalanish maqsadida, kooperatsiya tizimi yo’lga qo’yilib, har bir fuqaroga 33 mln. so’mdan kredit mablag’i ajratildi va 5 sotixiga issiqxona qurib berildi. Hozirgi kunda issiqxonada bodring yetishtirilmoqda va ichki bozor uchun yetkazib berilmoqda.