Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TO’LANBOY OTA BILAN FAXRLANAMIZ
2023-10-11 17:58:41 1100
Mamlakatimizda Davlat rahbarining tashabbusi bilan keksa avlod vakillarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning xayot sifati va uzoq umr ko’rish darajasini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash hamda yosh avlodni xalqimizning ko’p asrlik an'analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashda keksalarning rolini oshirishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nuroniylarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida" qarorida hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi tomonidan 1-oktyabr-Xalqaro qariyalar kuni deb e'lon qilinganligini inobatga olib, har yili oktyabr oyining birinchi haftasini "Keksalar haftaligi" sifatida keng nishonlash belgilangan.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan har yili noyabr oyi "Keksalar uchun turizm oyligi" deb e'lon qilinib, joylarda keng miqyosida tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Oltiariq tuman “Nuroniy” jamg’armasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oltiariq tuman bo’linmasi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan ikkinchi Jahon urushi qatnashchi Shokirov To’lanboy ota xolidan xabar olindi.
Oqbo’yralik "Katyusha tog’a" deb nom olgan Shokirov To’lanboy ota urushdan keyingi xayotida ham ko’pchilikka ibrat bo’la oladigan ishlarni amalga oshirgan.
To’lanboy ota Ichki ishlar tizimining Yong’inga qarshi kurash otryadlarida sidqidildan mehnat qilgan.
Shokirov To’lanboy ota bugungi kunimizga shukrona aytib, el-yurtni duo qilib o’tiribdilar. G’amxo’rliklar va alohida e'tibor uchun Yurtboshimizga va barcha mutasaddilarga minnatdorchilik bildirmoqda.