Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’MONDONLIK-SHTAB O’QUV MASHQI O’TKAZILDI
2023-10-04 16:20:50 1564
2023-2024 yillar kuz-qish mavsumida kommunal soha tashkilotlari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari, turar-joy fondi hamda ijtimoiy soha obektlarining barqaror faoliyat ko’rsatishini tashkil qilish, aholini elektr, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan uzluksiz ta'minlash, shuningdek, FVDQT hududiy quyi tizimi boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining hamkorligini muvofiqlashtirish maqsadida Qo’mondonlik-shtab o’quv mashqi o’tkazildi.
Qo’mondonlik-shtab o’quv mashqining maqsadi etib quyidagilar belgilandi:
Oltiariq tumani FVDQT xizmatlarining o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish darajasini aniqlash;
xabar berish tizimini amalda tekshirish, favqulodda vaziyatlar sodir bo’lgan hududda avariya-tiklash hamda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni olib borishda moddiy-texnik ta'minot masalalarini hal etish;
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda FVDQT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish;
Qo’mondonlik-shtab o’quv mashqi 6 ta bosqichda amalga oshirildi:
1-bosqich: Oltiariq tumani Telekommunikasiya bog’lamasi tomonidan shahar FVDqT xizmatlariga “Tong” yig’in signali berildi hamda xizmatlarning berilgan signalga qay darajada tayyorlik holatlari tekshirildi.
2-bosqich: Saf ko’rigiga jalb etilgan shahar FVDQT xizmatlari kuch
va vositalari saf ko’rigi o’tkazildi. Unda tuman doimiy tayyorgarlikdagi FVDQT xizmatlari kuch va vositalarining asbob-anjomlari, ehtiyot qismlari va yoqilg’i-moylash maxsulotlari bilan ta'minlanganligi hamda belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorgarligi ko’rib chiqildi.
3-bosqich: Tuman hududida joylashgan elektr energiyasi transformatorlaridan birida uzilish (blekout) yuzaga kelgan va tuman Elektr ta'minoti xizmati elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlashni tashkil etish, elektr ta'minoti tizimidagi yuzaga kelgan avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo’yicha amaliy xarakatlarni ko’rsatib berdi.
4-bosqich: Tuman hududida joylashgan gaz taqsimlash qurilmalaridan birida yuzaga kelgan avariya (blekout)ni Gaz ta'minoti xizmati tomonidan bartaraf etish jarayonini amaliy tarzda ko’rsatib berildi.
5-bosqich: Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashda tuman hududida joylashgan suv nasoslaridan birida yuzaga kelgan nosozlikni tuman Ichimlik suvi bilan ta'minlash xizmati tomonidan bartaraf etish jarayonini amaliy tarzda ko’rsatib berildi.
6-bosqich: Tuman hududida joylashgan Tibbiyot birlashmasida elektr energiyasi uzulish sodir bo’lganda (blekout) holati bo’lganida 35 Kvtli quvvatga ega bo’lgan muassasada eletr energiyasini tiklash uchun 50 Kvtli genator hamda quyosh panellarini ishlatilish jarayonini amaliy tarzda ko’rsatib berildi.
Tadbir yakunida tuman FVDqT xizmatlari tomonidan FVB boshlig’i podpolkovnik Sh.Odilov hamda Oltiariq tumani FVB Tezkor bo’linma boshlig’i leytenant O.Qadamovga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. O’tkazilgan saf ko’rigida faol qatnashgan xizmatlarga minnatdorchilik bildirildi.