Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI O’ZBEKISTONDA YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQILGAN SUD HOKIMIYATI

×

 2023-09-22 15:13:06    314

PDF yuklash
Chop etish


Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.

Sh.M.Mirziyoyev.

 

Sud - jamiyat hayotida qonun ustivorligi, adolat barqarorligini ta'minlaydigan mustaqil hokimiyat tarmog’i ekanligini inobatga olgan holda mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash, fuqarolarning xuquqlarini ishonchli himoya qilish tizimini tubdan takomilashtirish bo’yicha keng ko’lamli islohatlar amalga oshirib kelinmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad- fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishda qonuniy va adolatli qaror chiqarishni so’zsiz ta'minlaydigan yagona sud amaliyotini shakllantirishdan iboratdir.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4966-sonli Farmoni yangi O’zbekiston sharoitida sudlarni chinakam mustaqilligini ta'minlashdagi poydevor hujjat bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Mazkur farmon - sudlarni chinakam ma'nodagi “Adolat qo’rg’oni”ga aylantirish borasida O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan hayotga joriy etilgan islohotlar- mamlakatda inson huquqlari har narsadan ustun, degan tamoyilning hayotdagi amaliy ifodasi bo’ldi.

Sudyalarning mustaqilligi, ular faqatga qonunga bo’ysunishlari, odil sudlovni amalga oshirishda biron-bir aralashishga yo’l qo’yilmasligi va bunda aralashuv qonunga binoan javobgarlikka sabab bo’lishi O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasida va “Sudlar to’g’risida”gi qonunda belgilab qo’yilgan.

Mamalakatimizda qisqa davr ichida odil sudlovni amalga oshirish sifatini yaxshilash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar stretegiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni qabul qilindi. Shuningdek, mazkur farmon doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4966-son Farmoni qabul qilingan bo’lib, ushbu farmonga muvofiq, Sudyalar hamjamiyatining organi - O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi birlashtirilib yagona O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi.

Bundan tashqari, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma'muriy nizolarni, shuningdek ma'muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqishga vakolatli bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlarini, tuman (shahar) ma'muriy sudlarini tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay'atini tugatib, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma'muriy ishlar bo’yicha sudlov hay'atini tashkil etildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo’jalik sudlarini Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib o’zgartirildi.

Sudlarda sud majlisi kotibi lavozimini tugatib, sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlari ta'sis etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolattini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4850-son Farmoniga muvofiq, sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o’n yil muddatga, shundan so’ng muddatsiz davrga tayinlanadi.

Mana shundan chiqarilayotgan normativ hujjatlarni amaliyotda to’g’ri va adolatli qo’llashda sudyalardan katta mas'uliyat va talab etadi. Sudyalik o’ta mas'uliyatli va sharafli kasb ekanini hammamiz juda yaxshi bilamiz azal-azaldan el-yurtimiz o’rtasida insofli, diyonatli qozilarga, adolatni himoya qiluvchilarga hurmat-e'tibor yuqori bo’lgan.

Shu bilan birga, birinchidan, huquq tizimida jazolash elimentlarining asosiy o’rin tutishi – sobiq totalitar siyosiy tizim (sovet ittifoqi)dan meros bo’lib qolgan qarashlar hamon huquq tizimimizda ustuvorlik qilmoqda. Jumladan, huquq tizimimizning moxiyati inson huquqlarini tiklash, davlat va jamiyat manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yishga emas, balki jazolash tartibiga moyillik bilan izoxlanadi. Huquq tizimining bunday tuzilishda jamiyatda xar qachon nazoart qiluvchi idoralarning axamiyati va o’rni yuqori bo’ladi. Ikkinchidan, davlat va jamiyat boshqaruvida sud tizimining aloxida, boshqa davlat organlari tizimidan mustaqil eliment sifatida qaralmasligi – qabul qilinayotgan aksariyat qonun xujjatlarida sud tizimiga muayyan soxadagi siyyosiy xarakatlarni amalga oshirishning vositasi sifatida qaralmoqda. Uchinchidan, sud tizimida poraxo’rlik va ta'magirlik kabi illatlarning xamon uchrab turganligi – aholining sud tizimiga ishonchining kamayib borishiga sabab bo’layotgan asosiy omillardan biri. Demak, nopok shaxslarning tizimga kirib qolish xolatlari mavjud, bu esa butun tizimning obro’siga putur yetkazmoqda. To’rtinchidan, sud qarorlarining ijro etish tizimi samarasizligi – ma'lumki, sud qarorlarining ijrosi majburiy ijro byurolari tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, aksariyat hollarda sud qarorlarini ijro etish MIB xodimlari uchun boshqa vazifalardan keyingi vazifa sifatida ko’rilmoqda. Beshinchidan, qaror qabul qilishda xato qilishdan qo’rqish – qarorlari bekor bo’lsa karerasiga ta'sir ko’rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, har qanday davlatning xalqaro maydondagi mavqei ushbu davlatda qonun ustivorligi va sud hokimiyatining mustaqilligi qay darajada taminlanganligiga qarab belgilanadi.

Ishonamizki, bo’lajak sudyalar, davlatimizning sud-huquq sohasini rivojlantirish borasidagi islohotlarini qo’llab-quvvatlab, Sud ostonasiga qadam qo’ygan har bir inson, O’zbekistonda adolat hukm surayotganiga to’la ishonch hosil qilishi uchun hizmat qiladi.

 

Oltiariq tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti O.IShMATOV