Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TUMANIDAGI OBOD MANZILLAR SONI KUNDAN-KUN ORTIB BORMOQDA. 

×

 2023-09-20 17:22:17    311

PDF yuklash
Chop etish


Ismi-jismiga monand bo’lib borayotgan "Obod" mahalla fuqarolar yig’inida qisqa vaqt ichida keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti. 

Mahalla guzarida qad rostlagan zamonaviy, ko’rkam binolar qatoridagi "Qadamcha" nomli yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti ham uzukka ko’z qo’ygandek bo’ldi, desak, mubolag’a emas.

Davlat sherikchiligi asosida faoliyat olib boradigan mazkur Maktabgacha ta'lim tashkiloti shu mahallada tug’ilib, o’sgan izlanuvchan va tadbirkor inson Baxodir Sayfuddinov tomonidan qurib bitkazildi.

Qariyb besh milliyard so’mlik mablag’ evaziga 150 o’rinli bolalar bog’chasi barpo etilib, 30 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. 

Maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining ochilish marosimi o’tkazildi. Tadbirda mahalla ahli, nuroniylar va jamoatchilik vakillari qatnashdilar. 

Tuman hokimining birinchi o’rinbosari Iqboljon Gafurov yangi muassasaning foydalanishga topshirilishi bilan mahalla ahlini qutladi. Yoshlar tarbiyasi va ta'limga sarmoya kiritayotgan tadbirkorning ishlariga muvaffaqiyat tilab, faoliyatni qo’llab-quvvatlash hamda kommunikatsiya tarmoqlari va boshqa masalalarda tuman hokimligi doimiy ko’makdosh ekanligini aytdi.

240 nafardan ortiq bog’cha yoshidagi bolalar ulg’ayayotgan "Obod" mahallasida shu vaqtgacha bittagina uy bog’chasi faoliyat yuritib kelar edi. Ota-onalar o’z farzandlarini boshqa xududlardagi ta'lim muassasalariga olib borar yoki uyda parvarishlashga majbur edilar.

Yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta'lim tashkiloti ayniqsa, yosh ota-onalarning quvonchiga sabab bo’ldi.

Darvoqe, izlanuvchan inson Baxodir Sayfuddinov hamda mahalla raisi, tuman Kengashi deputati Dilmurod Axmedovning tashabbuskorligi bilan avvalroq barcha qulayliklarga ega bo’lgan mahalla fuqarolar yig’ini binosi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o’quv markazi qurilgan. Mahalla ahli va yoshlar bu qulayliklardan unumli foydalanmoqdalar.


Chindan ham "Obod" mahallasida so’nggi ikki yil davomida ko’pdan beri to’planib turgan muammolar bartaraf etildi. Sakkiz yarim kilometr ichimlik suvi, uch yarim kilometrga yaqin asfaltlashtirish ishlari bajarildi. 350 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta'minlandi.

Elektr ta'minoti tarmoqlarini yangilash hamda mahalladagi 33-sonli maktabga qo’shimcha bino qurilishi bilan bog’liq loyihalar ishlab chiqildi. Shu xududda joylashgan, 800 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta'minlagan "Xamza Art Tekstil" korxonasida qo’shimcha 350 ta ish o’rinlari yaratilmoqda.

Mahallaning drayveri xisoblangan dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish uchun qo’shimcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.